Bahafarid (Oʻrta forscha: Veh-ofrid, , shuningdek Bihafarid deb ham yoziladi) – 8-asrda yashagan fors zardushtiylik bidʼatchisiEncyclopædia Iranica, BEHĀFARĪD, Zoroastrian heresiarch and self-styled prophet, killed 748-49 boʻlib, Zardushtiylik va Islom elementlarini oʻz ichiga olgan dehqonlar qoʻzgʻolonini boshlagan. U Zardushtga ishongan va barcha zardushtiylik anʼanalarini qoʻllab-quvvatlagan. Unga ergashganlar quyoshga qarab kunduzi yetti marta namoz oʻqigan, mastlovchi moddalar taqiqlangan, sochlarini kesishmagan va faqat qari boʻrilarni qurbonlik qilishga ruxsat berilganAl-Bīrūnī: Father of Comparative Religion. Uning qoʻzgʻoloni Abbosiylar sarkardasi Abu Muslim tomonidan bostirilgan va Bahafarid osib oʻldirilgan. Biroq uning izdoshilari u yana qaytib kelishiga ishonishgan. Baʼzi izdoshlari keyinchalik Ustaz Sis harakatiga qoʻshilishgan.
Yana qarang Ustaz Sis Ishoq at-Turk Sunpad Muqanna
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Fors zardushtiylari Turkum:Fors diniy yetakchilari Turkum:Fors paygʻambarlari Turkum:Nishopur siyosatchilari Turkum:Neo-zardushtiylik