Orif ( — biluvchi, xabardor) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Orif Alimahsumov — xonanda va sozanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1977); Orif Alimov — OʻzSSR Ministrlar Soveti Raisi (1953—1961); Orif Ayupov — oʻzbekistonlik jurnalist; Orif Hakimov — sovet va oʻzbek davlat va partiya yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1952—1961); Orif Komilov — tuproqshunos-meliorator olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1983), professor (1986); Orif Mamatkazin — oʻzbekistonlik futbolchi; Orif Mirzoyev — professional turkman futbolchisi; Orif Olimjonov — Samarqand viloyati xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, OʻzSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning shaxsiy kotibi; Orif Qosimov — sozanda (dutor), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1979); Orif Rasulov — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), professor (1970); Orif Tursunov — hujjatli kino operatori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965); Orifjon Qobulov — toʻquvchi, hisobchi, moliyachi, suv xoʻjaligida ishlagan. Namangan tumani yer-suv boʻlimi boshligʻi; Orifjon Toshmatov — sozanda va bastakor, Oʻzbekiston xalq artisti; Orifxon Hotamov — xonanda, sozanda (tanbur, gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Milliy mumtoz musiqa (maqom, ashula, katta ashula, bastakorlik) sanʼatining yirik vakili; Orifxoʻja Abduxoliqov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Familiyalar Orifov Orifova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari