thumb|Shah Jevna ziyoratgohi, Pokistonning Jang tumani Shoh Jevna (Pir Shoh Jevna Mahbub Alam Naqvi al-Buxoriy nomi bilan ham tanilgan) – 15-asr avliyosi va naqvi sayyid. Hijriy 895-yili (milodiy 1493) Kannauj shahrida tugʻilgan. Jaloliddin Surx-Posh Buxoriyning bevosita avlodi, otasi Sayyid Sadruddin Shoh Kabir Naqvi al-Buxoriy shoh Sikandar Lodiyning bosh maslahatchisi boʻlgan.
Maxdum Jahanian Jahangast vafotidan keyin Shoh Jevnaning ajdodlari Kannaujga koʻchib oʻtishgan. Jevna Kannaujdan Shoh Jevnaga (uning nomi bilan atalgan shaharcha) koʻchib borgan. U yerga joylashgunga qadar, bu joy kimsasiz boʻlgan. Maxdum Jahanian masjidi hamon Kannaujda mavjud. Shoh Jevna hijriy 971-yilda (milodiy 1569) Boburiylar imperatori Jaloliddin Akbar hukmronligi davrida vafot etgan. Jevnaning avlodlari hozirgacha Hindiston va Pokistonning turli hududlarida istiqomat qiladi.
Manbalar
Turkum:Buxorolik kishilar Turkum:1569-yilda vafot etganlar Turkum:1493-yilda tugʻilganlar Turkum:Hind soʻfiy avliyolari Turkum:Kannaujliklar