Theravāda (; „Keksalar maktabi“; 上座部佛教)) – bu buddizmning eng qadimgi maktabidir.

Mazkur maktabning izdoshlari Theravādinlar deb ataladi (Pali tilidagi theravādī soʻzidan inglizchalashgan shakli). Ular Budda taʼlimoti yoki Dhammaning oʻzlariga xos talqinini ikki ming yildan ortiq vaqt davomida saqlab kelmoqdalar.

Pali kanoni hindiy tillar oilasiga mansub eng toʻliq saqlanib qolgan qadimiy buddist matnlar toʻplamidir. Undagi til – pali tili – Theravāda uchun muqaddas til hisoblanadi va shu bilan birga umumiy lingua franca rolini oʻynaydiCrosby, Kate (2013), Theravada Buddhism: Continuity, Diversity, and Identity, p. 2..

Mahāyāna va Vajrayāna maktablaridan farqli oʻlaroq, Theravāda doktrina (pariyatti) va monastik tartib (vinaya) borasida konservativlikka moyildirGombrich, Richard (2006), Theravada Buddhism: A Social History from Ancient Benares to Modern Colombo, Routledge; 2nd edition, p. 37.. Bu konservativlikning bir jihati shuki, Theravādada Mahayana sutralarining haqqoniyligi inkor etiladi (ular taxminan miloddan avvalgi I asrdan boshlab paydo boʻlgan)Hay, Jeff (2009). "World Religions" p. 189. Greenhaven Publishing LLC.Buswell, Robert E (2004). Macmillan Encyclopedia of Buddhism (2004), p. 293.. Shu bois, Theravāda Mahāyāna anʼanalarida eʼtirof etilgan Amitābha, Vairocana kabi koʻplab Budda va bodhisattvalarni tan olmaydi, chunki ular Theravāda muqaddas matnlarida uchramaydiWilliams, Paul, Mahayana Buddhism: The Doctrinal Foundations, Routledge, 2008, p. 21..

Theravāda Hindistondagi qadimgi Sthavira nikāya maktabidan kelib chiqqan. Bu anʼana Hindiston va Shri-Lankada miloddan avvalgi III asrdan boshlab jiddiy rivojlana boshlagan. Pali kanoni yozma shaklda tuzilib, unga keng sharhlar yozilgan davrda bu eng yuqori nuqtasiga chiqqan.

Bu maktabda Hindiston uning tarixiy vatani sifatida, Shri-Lanka asosiy rivojlanish markazi sifatida eʼtirof etiladi. Keyinchalik, Janubi-Sharqiy Osiyoga yoyilib, u yerda ustun buddist oqimga aylangan.

Bugungi kunda Theravāda – Shri-Lanka, Myanma va Kambodjaning rasmiy dini hisoblanadi. Laos va Tailandda esa u eng keng tarqalgan shakldagi buddizm yoʻanlishidir. Shuningdek, u Hindiston, Bangladesh, Xitoy, Nepal, Shimoliy Koreya, Vyetnam, Filippin, Indoneziya, Malayziya va Tayvandagi ayrim ozchilik aholi tomonidan ham asosiy din hisoblanadi.

Ushbu hududlar diasporasi hamda dunyo boʻylab yangi izdoshlar ham Theravāda buddizmini oʻzlashtirib, amalda qoʻllashmoqda.

Zamonaviy davrda Theravāda ichida yangi oqimlar ham shakllandi, masalan, buddist modernizm, Theravāda meditatsiya amaliyotini qayta jonlantirgan Vipassana harakati, oʻrmon monastirlik hayotini tiklashga qaratilgan Tailand oʻrmon anʼanasi va shuningdek bu maktabning Hindiston va Nepal, shuningdek Yevropa Ittifoqi va AQSh kabi Gʻarbiy mamlakatlarga tarqalishi bunga misoldir.

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

(from author website at Dept. of Buddhist Studies, UC Berkeley)

Havolalar

Access to Insight – Theravāda buddizmi boʻyicha kitoblar Theravāda nazariyasi va amaliyotida bodhisattva ideali – Jeffrey Samuels Theravāda buddizmi taʼlimotlari nimalardan iborat? – Tricycleʼning „Yangi boshlovchilar uchun buddizm“ turkumida

Turkum:Theravada Turkum:Nāstika Turkum:Nikaya maktablari