Hurra binti Badr () – oʻn sakkizinchi abbosiy xalifa al-Muqtadirning bosh rafiqasi (932-yilda vafotiga qadar).

„Hurra“ soʻzi soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „erkin ayol“ degan maʼnoni anglatadi. U va boʻlajak xalifa al-Muqtadir turmush qurishgan vaqtda juda yosh boʻlishgan. Hurra 900-yillarda Jaʼfar, yaʼni xalifa al-Muqtadirga turmushga chiqqan va Abbosiylar haramiga kirgan.

Hurraning otasi dastlab xalifa al-Mu’tazid xizmatidagi harbiy qul (gʻulom yoki mavlo) boʻlgan. Sadoqati va layoqati tufayli u xalifaning bosh qoʻmondoni darajasiga koʻtarilgan va Mu’tazidning hukmronligi davomida davlat boshqaruvida katta taʼsirga ega boʻlgan. 902-yil 14-avgust kuni mansabparast vazir al-Qosim ibn Ubaydullohning fitnalari oqibatida uni qatl etishgan.

Hurraning eri al-Muqtadir musulmonlar tarixidagi ilk voyaga yetmagan xalifa edi. Al-Muqtadir 908-yilda akasining vafotidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan. Qoʻmondon Badr al-Mu’tazidiyning qizi Hurra esa al-Muqtadirning yagona xotini boʻlgan.

Al-Muqtadir unga nisbatan saxiy munosabatda boʻlgan. Erining vafotidan soʻng Hurra ijtimoiy jihatdan mavqei pastroq boʻlgan erkakka turmushga chiqqan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abbosiy xalifalarning xotinlari Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi ayollari