Yoshlarning ijobiy rivojlanishi (PYD) dasturlari – yoshlarning rivojlanish jarayonini maksimal darajada qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan. Bu yondashuv yoshlarning ichki salohiyati, kuchli tomonlari va qobiliyatlariga asoslanadigan ijobiy qarash orqali amalga oshiriladi. PYD boshqa yoshlar rivojlanishiga oid yondashuvlardan farq qiladi. U bolalardagi muammoli xatti-harakatlarni yoki rivojlanishdagi kamchiliklarni tuzatishga yoʻnaltirilgan usullarni rad etadi va muammo markazli yondashuvdan voz kechadi. Buning oʻrniga, u inson rivoji uchun muhim boʻlgan shaxsiy resurslar va tashqi ijtimoiy omillarni shakllantirishga eʼtibor qaratadi.

Yoshlar rivojlanishi boʻyicha mutaxassislar Karen Pittman tomonidan ilgari surilgan „muammosiz boʻlish – toʻliq tayyor degani emas“Witt, P. A. & Caldwell, L. L. (eds.) (2005). Recreation and youth development. State College, PA: Venture Publishing, Inc. degan shiorga amal qiladilar. Ular yoshlarni jamiyatning foydali aʼzolari qilib voyaga yetkazishga intiladilar. Yoshlarning ijobiy rivojlanishi (Positive Youth Development – PYD) nuqtai nazaridan qaraganda, yoshlar hech qachon „hal qilinishi kerak boʻlgan muammo“ sifatida koʻrilmaydi. Aksincha, ular jamiyat uchun boylik, ittifoqchi, va oʻzgarishlar qiluvchi kuch sifatida eʼtirof etiladi. Chunki ular aynan oʻzlariga taʼsir qilayotgan muammolarni hal qilishda katta hissa qoʻsha oladilar. Bu yoʻnalishdagi dasturlar va mutaxassislar bolalarni tushunishga harakat qiladilar, ularga taʼlim beradilar va ularni foydali faoliyatlarga jalb qiladilar. Bularning barchasi yoshlarning „toʻliq salohiyatiga yetishishiga“ yordam berish maqsadida qilinadi. Garchi bu soha hali ham rivojlanishda davom etsa-da, ijobiy yoshlar rivojlanishi yondashuvi butun dunyo boʻylab gender va etnik farqlar kabi ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etishda qoʻllanib kelmoqda.

Asosiy maʼlumot Yoshlarning ijobiy rivojlanishi (PYD – Positive Youth Development) gʻoyasi ekologik tizimlar nazariyasiga asoslanib paydo boʻlgan . Bu nazariya oʻsmirlarning kuchli jihatlarini aniqlab, rivojlantirishga qaratilgan. Uning asosiy gʻoyasi – bolalar va oʻsmirlarning rivojlanishiga turli ijtimoiy va madaniy muhitlar taʼsir koʻrsatishini tushunishga asoslanadi.. Bu yondashuv Ijobiy psixologiya prinsiplariga oʻxshab, shuni ilgari suradiki: agar yoshlar oʻz ijtimoiy muhitidagi odamlar va tashkilotlar bilan oʻzaro foydali munosabatlar oʻrnatsalar, ular kelajakda oʻziga, oilasiga, jamiyatiga va fuqarolik hayotiga ijobiy hissa qoʻshuvchi sogʻlom shaxs sifatida shakllanadi.

Yoshlarning ijobiy rivojlanishining paydo boʻlishiga turtki boʻlgan asosiy sabab – anʼanaviy jazoga asoslangan yondashuvning tanqid qilinishi boʻldi. Ushbu eski yondashuv oʻsmirlik davrida yuz beradigan oʻzgarishlar bilan bir qator Jamoat salomatligi va ijtimoiy muammolarni bogʻlab koʻrgan. Bular jumlasiga: Venerik kasalliklar, Erta homiladorlik, giyohvandlik, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar, qotillik yoki oʻz joniga qasd qilishlar kiradi. Bu qarash G. Stenli Xoll tomonidan mashhur boʻlgan, u oʻsmirlikni „boʻron va zoʻriqish davri“ deb atagan.

Anʼanaviy yondashuvda koʻplab mutaxassislar va Ommaviy axborot vositalari oʻsmirlarni „tuzatish kerak boʻlgan muammoli guruh“ deb koʻrsatgan. Bu fikr odatda faqat bitta muammoni (masalan, giyohvandlik) hal qilishga qaratilgan qisqa muddatli yechimlar bilan cheklangan . Bu yondashuvda ishlatilgan iboralar, masalan: „xavf ostidagi bola“ (at-risk child), „voyaga yetmagan jinoyatchi“ (juvenile delinquent) – yoshlarni salbiy nuqtai nazardan koʻrsatgan . Bu model jazolashga asoslangan hozirgi AQSh jinoiy sud tizimi bilan ham uygʻun, yaʼni u oldini olishga emas, jazolashga urgʻu beradi.

Yoshlarning ijobiy rivojlanishi gʻoyasi shundan kelib chiqqanki, yoshlarning salohiyatiga emas, kamchiliklariga eʼtibor beradigan qarashlarga qarshi norozilik mavjud edi. PYD shuni taʼkidlaydiki: har bir yosh oʻziga xos kuch va imkoniyatga ega va agar ularga imkon, eʼtibor va qoʻllab-quvvatlash berilsa – ular rivojlanib, jamiyatga foydali boʻla oladi. Oʻsmirlarning ijobiy rivojlanishini ragʻbatlantirish ularning sogʻlom va barqaror kattalik davriga oʻtishini yengillashtiradi.

Shu sababli, PYD yondashuvida aktivlarni rivojlantirishga (asset-building) katta ahamiyat beriladi. Bu borada Piter Bensoning „rivojlantiruvchi aktivlar“ roʻyxati muhim hisoblanadi. U ikki toifaga boʻlinadi: Ichki aktivlar – shaxsning ijobiy fazilatlari (mas’uliyatlilik, oʻziga ishonch, maqsadlilik va boshqalar). Tashqi aktivlar – ijtimoiy muhitning qoʻllab-quvvatlovchi omillari (oilaviy yordami, maktab, jamiyatdagi faoliyatlar). Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, PYD quyidagilarni rivojlantiradi: ijtimoiy tegishlilik hissi (belonging), taʼlim va jamoaviy faoliyatlarga ishtirok motivatsiyasi, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollik, shaxsiy rivojlanishga xizmat qiluvchi tashkil etilgan faoliyatlarda qatnashish.

Manbalar