2025-yilgi UEFA Millatlar ligasi finali — 2024–25-yilgi UEFA Millatlar ligasining final bosqichi gʻolibini aniqlovchi futbol uchrashuvi boʻlib, UEFA ga aʼzo milliy futbol assotsiatsiyalari erkaklar terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro musobaqaning toʻrtinchi finali hisoblanadi. Uchrashuv 2025-yil 8-iyun kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi «Allianz Arena» stadionida Portugaliya hamda amaldagi chempion Ispaniya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bu musobaqa tarixidagi ilk Iberiya finali, shuningdek, ilgari chempionlikni qoʻlga kiritgan ikki jamoa oʻrtasidagi ilk final edi.

Portugaliya qo‘shimcha bo‘limlardan keyingi 2–2 hisobidagi durangdan so‘ng, penaltilar seriyasida 5–3 hisobida g‘alaba qozonib, UEFA Millatlar ligasidagi ikkinchi chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa ular musobaqa tarixida bir nechta chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandilar.

Bu oʻyin portugaliyalik futbolchi Diogo Jota uchun soʻnggi uchrashuv va soʻnggi sovrin boʻldi — u deyarli bir oy oʻtib, 2025-yil 3-iyulda yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

Tarixi Bu uchrashuv UEFA Millatlar ligasi finali tarixida ilgari finalda ishtirok etgan ikkita jamoa oʻrtasidagi birinchi bellashuv boʻldi. Portugaliya 2019-yilda boʻlib oʻtgan ilk finalda Niderlandiyani magʻlub etib chempion boʻlgan edi, Ispaniya esa keyingi ikki finalda qatnashdi — ular 2021-yilda Fransiyaga yutqazgan, 2023-yilda esa Xorvatiyani penaltilar seriyasida magʻlub etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Bu bahs tarixga 41-Iberiya derbisi sifatida kirdi. Unda Ispaniya 17 marta gʻalaba qozongan, 17 marta durang qayd etilgan, va Portugaliya 6 marta zafar quchgan.

Avvalgi finallar JamoaAvvalgi finallardagi ishtiroki1 (2019)2 (2021, 2023)

Oʻyin oʻtkazilgan joy

Allianz Arena Germaniya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan UEFA Millatlar Ligasi final bosqichi uchun tanlangan ikkita stadiondan biri sifatida belgilandi (ikkinchisi MHPArena edi). 2005-yilda ochilgan ushbu stadion «Bayern Munich» klubining uy maydoni hisoblanadi hamda 2006-yilgi Jahon chempionati, UEFA Yevro–2020 va Yevro–2024 musobaqalariga mezbonlik qilgan. Final uchrashuvidan atigi sakkiz kun avval bu stadionda UEFA Chempionlar Ligasi finali boʻlib oʻtgan edi. Oʻsha o‘yinda to‘rt nafar portugaliyalik futbolchi — Gonçalo Ramos, João Neves, Vitinha, and Nuno Mendes hamda ispaniyalik futbolchi Fabian Ruiz PSG safida Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylanishgan.

Finalgacha yoʻl

Eslatma: Quyidagi barcha natijalarda finalga chiqqan jamoaning hisobi birinchi koʻrsatilgan (H: uy oʻyini; A: safar oʻyini; N: neytral maydon). PortugaliyaRoundIspaniyaRaqibNatijaLiga bosqichiRaqibNatija2–1 (H)1-tur0–0 (A)2–1 (H)2-tur4–1 (A)3–1 (A)3-tur1–0 (H)0–0 (A)4-tur3–0 (H)5–1 (H)5-tur2–1 (A)1–1 (A)6-tur3–2 (H)A1 guruh gʻolibiYakuniy oʻrinlarA4 guruh gʻolibiRaqibUm. his.1-oʻyin2-oʻyinPley-offRaqibUm. his.1-oʻyin2-oʻyin5–30–1 (A)5–2 (H)Chorak final5–5 2–2 (A)3–3 (H)2–1 (N)Yarimfinal5–4 (N)

Oʻyin 21-daqiqada Ispaniya hisobni ochdi — Martín Zubimendi oʻng qanotdan Lamine Yamal uzatgan toʻp ortidan portugallar himoyasida chalkashlik yuzaga kelganidan foydalanib, yaqin masofadan bo‘sh darvozaga toʻpni joyladi. 26-daqiqada Nuno Mendes jarima maydonining chap tomonidan kelib, to‘pni oʻng burchakka yo‘llab, hisobni 1–1 holatiga keltirdi. Tanaffus arafasida Pedri uzatmasidan keyin Mikel Oyarzabal chap past burchakka zarba yo‘llab, Ispaniyani yana oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada esa Nuno Mendesning chap qanotdan bergan zarbasi raqibga tegib, Cristiano Ronaldoga tushdi va u oʻng oyogʻi bilan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni yana tenglashtirdi. Oʻyin qoʻshimcha boʻlimlargacha choʻzildi va 2–2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida barcha futbolchilar oʻz zarbalarini aniq amalga oshirdi, biroq Álvaro Morataning chap burchakka yo‘llagan zarbasi Diogo Costa tomonidan qaytarildi. So‘nggi penalti zarbasida Rúben Neves chap past burchakka zarba berib, Portugaliyaga 5–3 hisobida g‘alaba keltirdi.

Maʼlumotlar

GK 1 Diogo CostaRB 15João Neves CB 3 Rúben DiasCB 14Gonçalo Inácio LB 25Nuno Mendes CM 10Bernardo Silva CM 23VitinhaRW 20Pedro Neto AM 8 Bruno FernandesLW 26Francisco Conceição CF 7 Cristiano Ronaldo (c) Oʻzgarishlar:DF 2 Nélson Semedo MF 18Rúben Neves DF 13Renato Veiga FW 17Rafael Leão FW 9 Gonçalo Ramos FW 21Diogo Jota Murabbiy: Roberto Martínez GK 23Unai Simón (c)RB 14Óscar Mingueza CB 3 Robin Le Normand CB 12Dean HuijsenLB 24Marc CucurellaCM 20Pedri CM 18Martín ZubimendiCM 8 Fabián Ruiz RF 19Lamine Yamal CF 21Mikel Oyarzabal LF 11Nico Williams Oʻzgarishlar:MF 22Isco MF 6 Mikel Merino MF 16Álex Baena DF 2 Pedro Porro FW 15Yeremy Pino FW 7 Álvaro Morata Murabbiy:Luis de la Fuente

Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi: Nuno Mendes (Portugaliya)

Yordamchi hakamlar: Jonas Erni (Shveysariya) Susann Küng (Shveysariya) Toʻrtinchi hakam: Serdar Gözübüyük (Niderlandiya) Video assistent referi: Fedayi San (Shveysariya) Yordamchi video assistent referi: Dennis Higler (Niderlandiya) Pol van Boekel (Niderlandiya)

Statistika

+Birinchi boʻlimKoʻrsatkichPortugaliyaIspaniyaUrilgan gollar12Jami zarbalar27Aniq zarbalar12Seyvlar00Toʻp nazorati42%58%Burchak zarbalari12Qoidabuzarliklar57Ofsaydlar10Sariq kartochkalar11Qizil kartochkalar00

+Ikkinchi boʻlimKoʻrsatkichPortugaliyaIspaniyaUrilgan gollar10Jami zarbalar35Aniq zarbalar23Seyvlar31Toʻp nazorati36%64%Burchak zarbalari12Qoidabuzarliklar56Ofsaydlar23Sariq kartochkalar11Qizil kartochkalar00

+Qoʻshimcha boʻlimKoʻrsatkichPortugaliyaIspaniyaUrilgan gollar00Jami zarbalar23Aniq zarbalar01Seyvlar10Seyvlar43%57%Burchak zarbalari10Qoidabuzarliklar36Ofsaydlar10Sariq kartochkalar22Qizil kartochkalar00

+JamiKoʻrsatkichPortugaliyaIspaniyaUrilgan gollar22Jami zarbalar715Aniq zarbalar36Seyvlar41Toʻp nazorati46%54%Aniq zarbalar34Qoidabuzarliklar1319Ofsaydlar43Sariq kartochkalar44Qizil kartochkalar00

Oʻyindan keyingi voqealar Portugaliyaning ushbu gʻalabasi ularning ikkinchi UEFA Millatlar ligasi va uchinchi yirik sovrinini tashkil etdi, shu tariqa ular bir nechta Millatlar ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan ilk jamoaga aylandilar. Bu gʻalaba ortidan Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martines jamoani boshqarganidan beri qoʻlga kiritgan birinchi sovriniga ega chiqdi. Ispaniyaning magʻlubiyati esa ularning 2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi finalidan buyon ilk finaldagi magʻlubiyati, va umumiy hisobda tarixdagi ikkinchi finalda yutqazishlari boʻldi. Uchrashuv Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente uchun esa ikkinchi magʻlubiyat sifatida qayd etildi.

Ushbu uchrashuv Portugaliya hujumchisi Diogo Jota faoliyatidagi soʻnggi oʻyin va soʻnggi sovrin boʻlib qoldi, chunki u finaldan bir oy oʻtib avtohalokatda vafot etdi.

Tomoshabinning oʻlimi Qoʻshimcha boʻlimning birinchi yarmida Allianz Arenaning asosiy tribunasi ikkinchi qavatidan bir tomoshabin pastga qulab tushib, halok boʻldi. Erkak pastki qavatdagi oʻrindiqlar joylashgan hududga qulab tushgan va unga zudlik bilan feldsherlar hamda stadion xodimlari yordam koʻrsatgan. Biroq, olgan jarohatlari tufayli u halok boʻlgan va 9-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:06 da vafot etgani eʼlon qilingan. Hodisa yuz bergan paytda oʻyin toʻxtatilmagan. Ikkala jamoa oʻyinchilari va murabbiylari oʻyin soʻngidagi matbuot anjumanlarida hamdardlik bildirishdi.

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Final