Artem Yuriyovich Odinsov (; 2000-yil 9-noyabrda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, Ruminiya vakili, Zimbru Chisinau klubida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Kisvárda Artyom 2019-yilda „Kisvárda“ klubi bilan shartnoma imzolagan va yoshlar jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Dasltabki mavsumda 19 yoshgacha boʻlgan jamoasida toʻp tepgan. 2020-yil 19-sentyabrda Vengriya kubogi doirasida Kecskéd KSKga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushgan. 2021-yil 9-mayda Vengriya oliy ligasidagi debyutini Paks jamoasiga qarshi 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. „Kisvárda“ klubining birinchi jamoasi tarkibida jami 10 ta oʻyin oʻtkazib, shundan 6 tasida darvozasini quruq saqlagan. 2021-2022-yilgi mavsum yakunida „Kisvárda“ tarixida birinchi marta xalqaro turnirga yoʻllanma qoʻlga kiritgan. Odintsov Yevropa Konferentsiya ligasi saralash bosqichida „Qayrat“ (Olmaota) va „Molde“ klublariga qarshi barcha toʻrtta oʻyinda „Kisvárda“ darvozasini himoya qilgan.
Diósgyőr 2023-yil 16-iyunda u „Diósgyőr“ bilan shartnoma imzolagan. 2023-yil 1-oktyabrda Vengriya oliy ligasida „Kecskemét“ klubiga qarshi oʻyinda „Diósgyőr“ safida rasmiy debyutini oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti Odintsov bergan intervyularning birida vengriyalik rafiqasi va Maksim ismli farzandi borligi haqida maʼlum qilgan. Hozircha u faqat Ukraina fuqaroligiga ega, biroq futbolchi yaqin kelajakda Vengriya fuqaroligini olishni rejalashtirmoqda.
Manbalar
Havolalar
Artem Odyntsov at HLSZ Artem Odyntsov at MLSZ Adatbank Artem Odyntsov at Magyarfutball Artem Odyntsov at DVTK
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari
Turkum:Andijon klubi futbolchilari
Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar