Lyusi Mur — britaniyalik kurator va doktorant bo‘lib, Vikipediyada ayollar haqidagi mavzular yoritilishini yaxshilagani bilan tanilgan. U 2022-yilda Buyuk Britaniyada "Yil vikimedachisi" deb e’tirof etilgan.

Taʼlimi Mur 2006-yilda Oksford universitetining Wadhem kollejida zamonaviy tarix boʻyicha bakalavr darajasini oldi, soʻng 2009-yilda Lids universiteti qoshidagi Oʻrta asrlar tadqiqot instituti magistraturasini tamomladi. 2019-yilda u York universitetida doktorlik izlanishlarini boshladi, tadqiqot mavzusi — to‘qqizinchi asrdagi Nortumbriyadagi tangalar.

Faoliyati Mur arxeolog va kurator sifatida faoliyat yuritadi. 2013-yildan 2023-yilgacha u Lids muzeylari va galereyalarida loyiha kuratori sifatida ishlagan. 2024-yilda u Lids universitetida tangalar va 3D obyektlar kuratori lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, u ko‘ngilli g‘amxo‘r sifatida ham ishlaydi. U 2015-yilda nashr etilgan "Buyuk urush Britaniyasi. Lids: 1914–18 yillarning xotirasi" nomli kitobning hammualliflaridan biridir.

Mur Vikipediyada tahrir qilishdan tashqari koʻplab ko‘ngilli ishlarni ham bajargan, jumladan Qirollik Numizmatika jamiyati, Lids fuqarolik jamg‘armasi va Carers Leeds tashkilotlarida vasiy sifatida faoliyat yuritgan.

Vikipediya faoliyati

Mur 2019-yilda Vikipediya tahrirchisi boʻldi. Dastlab u Birinchi jahon urushidagi askarlar haqida maqolalar tahrir qildi, keyinchalik esa Vikipediyadagi ayollar haqida ma’lumotlar yetarli emasligini anglab, ayollar haqidagi maqolalarni yaxshilashga qaror qildi.

2021-yilda u har bir davlatdan bir nafardan ayol haqidagi maqolani yaratish loyihasini boshladi. Ushbu loyiha 2024-yilda, Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida yakunlandi. 2024-yil mart holatiga koʻra, Mur 533 ta ayol biografiyasini yozgan edi, ularning orasida Sharbat Gʻula, Julia Chinn, Jeanne Gapiya-Niyonzima, Ólafía Einarsdóttir va Gloria Meneses kabi shaxslar ham bor edi.

Mur, shuningdek, Vikipediyadagi gender muvozanatini yaxshilashga hissa qoʻshish uchun boshqa odamlarga koʻngilli boʻlishni targʻib qiladi, jumladan, u edit-a-thon tadbirlariga rahbarlik qiladi.

Mukofotlar

2021-yilda u Wikimedia UK tomonidan "Kelajagi porloq vikimediyachi" deb e’tirof etildi. 2022-yilda esa u Buyuk Britaniyada "Yilning vikimediyachisi" deb tan olindi.

2024-yilda u Lids shahrida oʻrnatilgan Ribbons nomli haykalda e’tirof etilgan yuzlab ayollardan biri boʻldi.

Shaxsiy hayoti Moore Lids shahrida yashaydi.

Manbalar