1900-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux olympiques d'été de 1900) – bugungi kunda II Olimpiada oʻyinlari (Jeux de la IIe olympiade) va Parij 1900 nomi bilan tanilgan xalqaro sport musobaqasi boʻlib, 1900-yil 14-maydan 28-oktyabrgacha Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan. Musobaqa doirasida ochilish va yopilish marosimlari tashkil etilmagan.
1894-yilda Sorbonna binosida boʻlib oʻtgan Olimpiya kongressida Pierre de Coubertin Olimpiya oʻyinlarini 1900-yilda Parijda oʻtkazishni taklif qilgan. Biroq, kongress delegatlari olti yil kutishni istamagan va birinchi oʻyinlarni 1896-yildayoq tashkil etish tarafdori boʻlgan. Natijada, birinchi Olimpiya oʻyinlarini 1896-yilda Afinada, ikkinchi oʻyinlarni esa Parijda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
1900-yilgi Olimpiada oʻyinlarida gʻoliblarning aksariyati medal bilan taqdirlanmagan, buning oʻrniga ularga kuboklar yoki sovrinlar berilgan. Qilichbozlik musobaqalarida anʼanaga muvofiq professionallar ham ishtirok etgan. Fransiyalik Albert Robert Ayat havaskorlar va masterlar oʻrtasidagi shpaga (épée) bahslarida gʻalaba qozongan va 3 000 frank miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlangan (bu 2022-yildagi hisobda taxminan 12 867 yevroga teng). Ushbu oʻyinlar tarixda faqat bir marta oʻtkazilgan bir qator musobaqalar ham boʻlgan. Bularga baliq tutish, avtopoygaJournal of Olympic History, Special Issue – December 2008, The Official Publication of the International Society of Olympic Historians, p. 8, by Karl Lennartz, Tony Bijkerk and Volker Kluge, havo sharida parvozJournal of Olympic History, Special Issue – December 2008, The Official Publication of the International Society of Olympic Historians, p. 13, by Karl Lennartz, Tony Bijkerk and Volker Kluge, kriketJournal of Olympic History, Special Issue – December 2008, The Official Publication of the International Society of Olympic Historians, p. 32, by Karl Lennartz, Tony Bijkerk and Volker Kluge, kroketJournal of Olympic History, Special Issue – December 2008, The Official Publication of the International Society of Olympic Historians, p. 33, by Karl Lennartz, Tony Bijkerk and Volker Kluge, bask pelotaJournal of Olympic History, Special Issue – December 2008, The Official Publication of the International Society of Olympic Historians, p. 52, by Karl Lennartz, Tony Bijkerk and Volker Kluge, 200 metrga toʻsiqli suzish va suv ostida suzish kiradiJournal of Olympic History, Special Issue – December 2008, The Official Publication of the International Society of Olympic Historians, p. 77, by Karl Lennartz, Tony Bijkerk, and Volker Kluge. Shuningdek, Olimpiada oʻyinlari tarixida ilk va yagona marta oʻq otish musobaqalarida tirik kabutarlar nishonga olingan. Mezbon mamlakat sifatida Fransiya umumiy sportchilar sonining 72 foizini (997 ishtirokchidan 720 nafarini) tashkil qilgan va oltin, kumush hamda bronza medallarining eng koʻpini qoʻlga kiritgan. AQSh sportchilari medal jamgʻarish boʻyicha ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlib, ishtirokchilar soni boʻyicha beshinchi oʻrinda (75 nafar) boʻlgan. Britaniya sportchilari medal jamgʻarish boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan va ishtirokchilar soni boʻyicha ikkinchi (102 nafar) boʻlgan.
Tashkil etilishi
1900-yilgi Olimpiada oʻyinlari 1900-yilgi Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida oʻtkazilgan. Baron Pierre de Coubertin bu orqali jamoatchilik eʼtiborini Olimpiada oʻyinlariga jalb qilish mumkin deb hisoblagan va Olimpiya shaharchasini qayta tiklashga oid keng qamrovli reja taklif qilgan. Uning loyihasida haykallar, maʼbadlar, stadionlar va gimnaziya binolarini qayta barpo etish koʻzda tutilgan edi. Biroq, Butunjahon koʻrgazmasi direktori Alfred Picard qadimgi sport anʼanalarini zamonaviy koʻrgazmada namoyish etishni „bemaʼni anaxranizm“ deb atagan. Picard uning rejalarini rasmiy ravishda qabul qilib olgan, biroq keyinchalik bu gʻoya ustida hech qanday ish olib borilmagan.
Sport turlari 2021-yil iyuligacha Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) qaysi musobaqalarni olimpiada doirasidagi musobaqalar deb tan olish masalasini rasman aniqlab chiqmagan. Pierre de Coubertin bu boradagi barcha vakolatni mahalliy tashkilotchilarga topshirgan edi. XOQning 1900-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga bagʻishlangan rasmiy sahifasida jami 95 ta medal uchun musobaqa oʻtkazilgani qayd etilgan. 1896-yilgi Olimpiada oʻyinlariga kiritilgan ogʻir atletika va kurash bu safar dasturdan chiqarilgan, buning oʻrniga 12 ta yangi sport turi qoʻshilgan. Quyida keltirilgan sport turlaridan faqat kroket xalqaro musobaqa maqomiga ega boʻlmagan, chunki faqat fransiyalik sportchilar ishtirok etgan. Har bir yoʻnalishdagi musobaqalar soni qavs ichida koʻrsatilgan.
Musobaqa boʻlib oʻtgan joylar 1900-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 20 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish uchun 14 ta sport inshootidan foydalanilgan.
JoylashuvSport turlariSigʻimi Manba Parijning 7-okrugi (Place de Breteuil) Ot sportiRoʻyxatda yoʻq1900 Summer Olympics official report. p. 16. Accessed 14 November 2010. Bois de Boulogne Kroket, Polo, Arqon tortishRoʻyxatda yoʻqSports-reference.com Summer Olympics Paris 28 June 1900 croquet mixed singles one-ball results. Accessed 14 November 2010.Sports-reference.com Summer Olympics Paris 28 May-2 June 1900 men's polo results. Accessed 20 February 2011.Sports-reference.com Summer Olympics Paris 16 July 1900 tug-of-war men's results. Accessed 14 November 2010. Bois de Vincennes Kamondan o‘q otishRoʻyxatda yoʻqSports-reference.com Summer Olympics Paris 27 May – 14 August 1900 men's archery au chapelet 33 m results. Accessed 14 November 2010. Boulogne-Billancourt Oʻq otish sportiRoʻyxatda yoʻq Compiègne GolfRoʻyxatda yoʻq1900 Summer Olympics official report. p. 15. Accessed 14 November 2010. Croix-Catelan Stadium Yengil atletikaRoʻyxatda yoʻq Le Havre Yelkanli kema sportiRoʻyxatda yoʻq Meulan-en-Yvelines Yelkanli kema sportiRoʻyxatda yoʻqSports-reference.com Summer Olympics Paris 20 May 1900 sailing mixed open results. Accessed 14 November 2010. Neuilly-sur-Seine Bask pelotaRoʻyxatda yoʻqSports-reference.com Summer Olympics Paris 14 June 1900 men's basque pelota two-teams results. Accessed 14 November 2010. Puteaux TennisRoʻyxatda yoʻqSports-reference.com Summer Olympics Paris 6-11 July 1900 tennis men's singles results. Accessed 14 November 2010. Satory Oʻq otish sportiRoʻyxatda yoʻq Sena Akademik eshkak eshish, Suzish, Suv polosiRoʻyxatda yoʻq1900 Summer Olympics official report. pp. 17-18. Accessed 14 November 2010. Tuileries Garden QilichbozlikRoʻyxatda yoʻq Vélodrome de Vincennes Kriket, Velosport, Futbol, Gimnastika, RegbiRoʻyxatda yoʻq1900 Summer Olympics official report. pp. 15-16. Accessed 14 November 2010.
Ishtirokchi davlatlar Ishtirokchi Milliy olimpiya qoʻmitalari
(mezbon)
O‘sha davrda Eron “Persia” deb atalgan.
Boshqa davlatlar nomidan ishtirok etgan sportchilar (oʻz nomidan qatnashmagan davlatlar):
Medallar hisobi Tushuntirish
Manbalar
Havolalar Official Report GB Athletics website – Olympic Games Medallists – Other Sports – Demonstration & Unofficial Sports
Turkum:1900-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari