Bolgariya futbol ittifoqi (; BFS) – Bolgariyada futbolni boshqaruvchi tashkilot boʻlib, 1954-yildan beri UEFA aʼzosi hisoblanadi. U Bolgariya Parva Ligasi futbol ligasini tashkil etadi hamda Bolgariya milliy terma jamoasini UEFA va FIFA ruxsati bilan oʻtkaziladigan musobaqalarga yuboradi.

Tarixi Ittifoq tarixi 1923-yilda tashkil etilgan yuridik tashkilot – Bolgariya Milliy sport federatsiyasiga borib taqaladi, u federatsiyaning futbol boʻlimi sifatida faoliyat boshlagan va 1944-yilgi Sovet bosqiniga qadar mavjud boʻlgan. Shundan soʻng, futbolni boshqaruvchi organ bir necha nom ostida faoliyat yuritgan: 1948-yilgacha Markaziy futbol qoʻmitasi, 1948-yildan 1962-yilgacha Respublika futbol boʻlimi, 1962-yildan 1985-yilgacha esa Bolgariya futbol federatsiyasi nomi bilan tanilgan. 1985-yil 27-iyunda tashkilotga hozirgi nomi – Bolgariya futbol ittifoqi berilgan.

Mihaylovga qarshi noroziliklar (2015–2024) Borislav Mihaylov 2004-yilda Bolgariya Futbol Ittifoqi prezidenti etib saylangan. Keyingi yillarda, ayniqsa EURO 2004 musobaqasidan soʻng, milliy terma jamoa hamda mamlakatning yetakchi klublari natijalari asta-sekin yomonlasha boshladi. Bu holat futbol muxlislari orasida Mihaylov isteʼfosini talab qilishga sabab boʻldi. 2019-yil 15-oktabrda esa bu noroziliklar yanada kuchaydi. Sabab shundaki, Bolgariya terma jamoasining yomon natijalari va klublar darajasining pasayishi bilan birga, Angliyaga qarshi oʻyinda yuz bergan mojaro ham jiddiy salbiy oqibatlarga olib keldi. Ushbu oʻyinda bir guruh bolgariyalik muxlislar ingliz futbolchilariga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi hayqiriqlar bilan chiqish qilgani xalqaro miqyosda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Ushbu voqealardan soʻng Bolgariya sport vaziri Borislav Mihaylov lavozimda turgan ekan, BFI bilan hamkorlik qilmasliklarini eʼlon qildiBoyko Borisov prizova Borislav Mixaylov da podade ostavka kato prezident na BFS. Angliyaga qarshi bahsdan keyin esa Mihaylov isteʼfoga chiqdiOfitsialno: Borislav Mixaylov podade ostavka!. Shundan soʻng, Mihail Kasabov vaqtincha prezident etib tayinlandi. Biroq COVID-19 pandemiyasi sababli Mihaylovning isteʼfosi yuzasidan muntazam rasmiy saylov oʻtkazilmadi.

2021-yilda kutilmagan tarzda Borislav Mihaylov isteʼfosini qaytarib oldi va oʻsha yili boʻlib oʻtadigan saylovlarda beshinchi muddatga nomzod boʻlishini eʼlon qildiOfitsialno: Izdignaxa Borislav Mixaylov za prezident na BFS. Shu vaqtdan boshlab, Dimitar Berbatov Mihaylovga qarshi kuchli muxolifat sifatida maydonga chiqdi va u ham saylovda ishtirok etdi. 2021-yil 12-oktabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda, ayrim ovoz berish tartibidagi buzilishlar qayd etilganiga qaramay, Mihaylov gʻalaba qozondiKongresʼt na BFS: Mixaylov ostava prezident, Berbatov щe osporva. 2023-yil mart oyida shahar sudi Kongress qarorlariga nisbatan daʼvolarni qaytarib oldi va garchi ayrim futbol klublari Dimitar Berbatovni qoʻllab-quvvatlagani uchun ovoz berish jarayonidan chetlashtirilgan boʻlsa ham Borislav Mihaylov prezident sifatida tasdiqlandiSʼd otxvʼrli dve ot jalbite na opozitsiyata sreщu Borislav Mixaylov.

2023-yil oktyabr oyida futbol muxlislari Borislav Mihaylovga qarshi norozilikni yanada kuchaytirib, deyarli har bir oʻyinda unga qarshi bannerlar koʻtarishni boshlashdi. Bunga javoban, ittifoq deyarli har bir oʻyindan soʻng klublarga jarima qoʻllay boshladi. Muxlislar 2023-yil 16-noyabr kuni Vengriyaga qarshi oʻyinda mamlakatdagi barcha yirik futbol klublari ultralarini birlashtirgan holda keng qamrovli norozilik aksiyasi boʻlishini eʼlon qilishdiFenovete se obedinyavat na protest sreщu Borislav Mixaylov i sie. Bunga javoban, 6-noyabr kuni BFI va UEFA oʻyinning Milliy stadiondan Plovdivdagi Hristo Botev stadioniga koʻchirilishini va u tomoshabinlarsiz (yopiq eshiklar ortida) oʻtishini maʼlum qilishdiFenskiyat protest stresna BFS: Premestixa Bʼlgariya – Ungariya v Plovdiv. Machʼt e bez publika. Bu qaror yana-da ogʻir qabul qilindi, chunki birinchi marta futbol ittifoqi oʻz muxlislarini stadionga kiritishni istamagan edi. Norozilik namoyishi Plovdivda, stadion tashqarisida davom etdiBFS fintira fenovete, te otvʼrnaxa: Protestʼt щe e v Plovdiv. Vengriyaliklar ham yopiq eshiklar ortida oʻyin oʻtkazish qaroridan norozi boʻlishdi va ularning muxlislari baribir oʻyinga borishini va BFI ga qarshi norozilikka qoʻshilishini eʼlon qilishdiI ungarsite protestirat sreщu Bobi M. i BFS.

2024-yil 17-mart kuni Georgi Ivanov prezident etib saylandi. Saylov, uning natijalari haqqoniyligiga oid koʻplab bahs-munozaralar va shubhalar ostida oʻtkazildi.

Prezidentlar PrezidentLavozimdagi yillarPavel Grozdanov1923–1933Svetan Genov1933–1934Ivan Batandzhiev1934–1939Lyubomir Sokerov1940–1942Docho Hristov1942–1944Georgi Stoyanov1946–1948Isaac Catalan1948Ivan Nikolov1948–1949Mladen Nikolov1949–1951Petar Kolarov1951–1952Stefan Petrov1952–1959Lachezar Avramov1959–1961Kiril Nesterov1961–1962Nedyalko Donski1962–1970Danail Nikolov1970–1975Ivan Nikolov1975–1979Krum Vasilchev1979–1982Dimitar Nikolov1982–1984Ivan Shpatov1984–1986Andon Traykov1986–1990Slavcho Tapavicharov1990–1991Dimitar Largov1991–1993Valentin Mihov1993–1994Hristo Danov1994–1995Ivan Slavkov1995–2005Borislav Mihaylov2005–2019Mihail Kasabov (vaqtincha)2019–2021Borislav Mihaylov2021–2023Mihail Kasabov (vaqtincha)2023–2024Emil Kostadinov (vaqtincha)2024Georgi Ivanov2024–

Musobaqalar Ittifoq quyidagi musobaqalarni tashkillashtiradi:

Erkaklar futboli

Birinchi liga Ikkinchi liga Uchinchi liga Hududiy guruhlar Bolgariya kubogi Bolgariya Superkubogi AFL kubogi (havaskorlar)

Yoshlar futboli

Elita ligasi – akademiya jamoalari uchun moʻljallangan birinchi darajali liga boʻlib, uchta yosh toifasini oʻz ichiga oladi: 17 yoshgacha, 16 yoshgacha va 15 yoshgacha boʻlgan jamoalar.

Ayollar futboli

Bolgariya ayollar ligasi Bolgariya ayollar kubogi

Yana qarang

Bolgariya milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar

Bolgariya FIFA vebsaytida Bolgariya UEFA vebsaytida

Turkum:UEFA milliy aʼzolari