Jonathan Henick – amerikalik diplomati boʻlib, 2022-yildan boshlab Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tayinlangan elchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Taʼlimi Henick Columbia kollejida bakalavr darajasini, Columbia universitetida xalqaro munosabatlar boʻyicha sanʼat magistri darajasini va Hawaii universitetida siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori darajasini olgan .
Faoliyati Henick – vazir-maslahatchi unvoniga ega boʻlgan Oliy Diplomatik Xizmat (Senior Foreign Service)ning professional aʼzosi. U Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosida kotib yordamchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan; u Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha ommaviy diplomatiya va matbuot uchun mas’ul boʻlgan. U Global hamkorlik markazida koordinator oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan va u yerda Rossiya, Xitoy hamda Eron tomonidan tarqatilgan dezinformatsiyalarga qarshi kurashishda AQSh saʼy-harakatlarini boshqarish va muvofiqlashtirishga yordam bergan. Henick Xalqaro axborot dasturlari byurosida bosh koordinator oʻrinbosari va koordinator vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan. Uning boshqa lavozimlari qatoriga Turkiyada ommaviy aloqalar boʻyicha vazir-maslahatchi, Sharqiy Timordagi diplomatik missiya rahbari oʻrinbosari hamda Ozarbayjon, Turkiya, Portugaliya va Oʻzbekistondagi boshqa lavozimlar kiradi. Henick George Washington universitetida ilmiy xodim va taklif etilgan professor (visiting professor) sifatida, shuningdek, Gavayining Gonolulu shahrida joylashgan Sharq-Gʻarb markazida rezident-diplomat sifatida ishlagan. U Milliy mudofaa universitetining Axborot va kiberfazolar kollejida ham taklif etilgan professor sifatida faoliyat yuritgan.
2022-yil 20-may kuni prezident Joe Biden Henickni Qoʻshma Shtatlarning Oʻzbekistondagi elchisi lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatmoqchi ekanligini eʼlon qildi. 2022-yil 24-may kuni uning nomzodi Senatga taqdim etildi. 2022-yil 27-iyul kuni uning nomzodi boʻyicha tinglov AQSh Senatining Tashqi aloqalar qoʻmitasida boʻlib oʻtdi. 2022-yil 3-avgust kuni uning nomzodi qoʻmitadan maʼqullanib chiqdi. 2022-yil 4-avgust kuni uning nomzodi AQSh Senatida ovoz berish yoʻli bilan tasdiqlandi. U 14-oktabr kuni lavozimga kirishish oldidan qasamyod qildi. 2022-yil 24-noyabr kuni u oʻz ishonch yorliqlarini prezident Shavkat Mirziyoyevga topshirdi.
Mukofotlari Henick Jamoat diplomatiyasi bitiruvchilari assotsiatsiyasining Yutuq mukofotini, shuningdek, Davlat departamentining bir nechta xizmat mukofotlarini, jumladan, uchta Oliy diplomatik xizmat samaradorligi mukofotini olgan.
Shaxsiy hayoti Henick Nyu-York shtatida tugʻilgan. U rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarida soʻzlasha oladi.
Manbalar
Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar