Savalan Sharob Zavodi Janubiy Kavkaz mintaqasidagi eng yirik sharob ishlab chiqaruvchilardan biridir. U Ozarbayjon Respublikasi Qabala tumanida joylashgan.Savalan şərab zavoduО, долина Савалан!Savalan – Wines from AzerbaijanTasting the Wines of Savalan from Aspi Winery, Azerbaijan“Savalan – Aspi” şərab zavodunda Premium Şərab Dequstasiyası
Tarix Savalan sharob zavodi 2006-yil dekabr oyida Ozarbayjon Respublikasining Qabala tumanida “ASPI AGRO” MCHJ tomonidan “ASPI Winery” brendi ostida tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi uzum yetishtirish va yuqori sifatli sharob ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan.“ASPİ AGRO” MMC-nin “Savalan” brendi ilə istehsal etdiyi müxtəlif çeşiddə şərablar xarici ölkələrə ixrac olunurSavalan
Mahsulotlar Kompaniyaning Ozarbayjon Respublikasining Qabala tumanida joylashgan uzumzorlarida 21 ta texnik uzum navi (“Shardonnay”, “Pino Nuar”, “Kaberne Sovinyon”, “Merlo”, “Grenash”, “Kaberne Frank”, “Sira”, “Alikante Buşe”, “Riesling”, “Vionye”, “Rebo”, “Arinarnoa”, “Verdejo”, “Marselan”, “Petit Verdot”, “Muskat Blank”, “Montepulchano Aglianico”, “Traminer”, “Muvédra” va “Fransuz Kolombari”) hamda 14 ta stol uzumi navlari (“Italiya”, “Mikhele-Polleri”, “Krimson”, “Regina”, “Sultanin”, “Prima Kardinal”, “Viktoriya”, “Matilde”, “Muskat”, “Gambruski”, “Qora Sehr” (Black Magic), “Alfons”, “Sentenial” va “Danlas”) yetishtiriladiSAVALAN - ASPI Winery: «НАШЕ ВИНО УДОСТОИЛОСЬ ЗВАНИЯ ЛУЧШЕГО В СТАРОМ СВЕТЕ!»“SAVALAN”ın tarixi əks etdirən “NOBEL” şərabı - FOTOşərab xəttinə yeni “Elisa Winemaker Reserve” şərabı əlavə olundu.
Kompaniya Riesling, Verdejo, Moskatel, Traminer va boshqa brendlar ostida sharoblar ishlab chiqaradiAvropalı şərab ekspertləri “SAVALAN”nın zavodundaАзербайджанские вина дегустируют в Москве. Репортаж "Москва-Баку"Asiyanın ən prestijli müsabiqəsində Azərbaycan şərabının zəfəri – FOTO“Savalan” şərabları mübarizəyə qoşulur.
Ginnes Rekordlar Kitobi 2024-yil 18-dekabr kuni “SAVALAN – ASPI Winery”ga tegishli bo‘lgan sharob bochkasi “Dunyoning eng katta yog‘och sharob bochkasi” sifatida Ginnes Rekordlar Kitobiga kiritildi. Ushbu noyob bochkaning qurilishi deyarli besh yil davom etdi. Bu muhtasham muhandislik loyihasining ishlab chiqilishi va tayyorlanishida ellikdan ortiq yuqori malakali bochkachi ustalar ishtirok etdilar. Uning hajmi juda katta bo‘lgani sababli, odatiy robotlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalaridan foydalanib bo‘lmadi va bochkaning barcha qismlari qo‘lda tayyorlandi. 2024-yil iyun oyida bochka zavodning yangi qurilgan muzey majmuasida o‘rnatildiВинная бочка винодельни SAVALAN - ASPI Winery вошла в Книгу рекордов ГиннессaAFchamber Member Company Savalan -ASPI Winery factory was entered into the Guinness World Records™ as the “World’s Largest Wooden Wine Barrel”.
Manbalar