Jasmine Greenwood (2004-yil 13-oktyabda tugʻilgan) – avstraliyalik para suzuvchi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida S10 toifada ayollar oʻrtasida 100 metrga batterflay usulida suzish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ham ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Greenwood 2004-yil 13-oktyabrda New South Wales shahrining Figtree hududida tugʻilgan. 2011-yilda oʻtkir appenditsit va sepsis tufayli ikki marotaba yuzaga kelgan insult oqibatida miya jarohati olgan. Bu holat, asosan, tanasining chap tomoniga salbiy taʼsir koʻrsatgan. 2019-yilda sportchi Shoalhaven oʻrta maktabida tahsil olgan va New South Wales shtatidagi Sussex Inlet shahrida istiqomat qilgan.
2024-yildan beri Greenwood Kanberra universitetida psixologiya yoʻnalishida oʻqimoqda.
Sport faoliyati Greenwood suzish musobaqalarida S10 toifasida ishtirok etadi. 2014-yilda u New South Wales shtatining Shoalhaven shahrida joylashgan Bay & Basin suzish klubiga qoʻshilgan va para suzish musobaqalarida ishtirok etish maqsadida tasnif olish uchun ariza berishga qaror qilgan. 2018-yilda Queensland shtatining Gold Coast shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida sportchi ayollar oʻrtasida SB9 toifasida 100 metr masofaga brass usulida hamda SM10 toifasida 200 metr masofaga kompleks suzish yoʻnalishida ishtirok etgan va har ikkala yoʻnalishda ham beshinchi oʻrinni egallagan. 13 yoshida Greenwood ushbu oʻyinlarda Avstraliya sharafini himoya qilgan eng yosh sportchiga aylangan.
2019-yilda Londonda para suzish boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida Greenwood ayollar oʻrtasida S10 toifasida 100 metrga batterflay usulida suzish bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, SM10 toifada ayollar oʻrtasida 200 metrga kompleks suzish hamda S10 toifada 100 metr masofaga chalqancha suzish yoʻnalishlarida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida Greenwood S10 toifada ayollar oʻrtasida 100 metr masofaga batterflay usulida suzish boʻyicha 1.07.89 soniya natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oʻsha musobaqa sportchi oltin medal sohibi AQSh vakili Mikaela Jenkinsdan atigi 0.37 soniyaga ortda qolgan edi. Greenwood ayollar oʻrtasida S10 toifada 100 metr masofaga chalqancha suzish (toʻrtinchi oʻrin), S10 toifada 100 metr masofaga erkin usulda suzish (beshinchi oʻrin) va SM10 toifada 200 metr masofaga kompleks suzish (beshinchi oʻrin) boʻyicha final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan, biroq musobaqa medallariga ega chiqa olmagan.
2022-yilda Madeira shahrida para suzish boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida Greenwood uchta medalni, jumladan, ayollar oʻrtasida S10 toifada 100 metr masofaga batterflay usulida suzish boʻyicha kumush medal, S10 toifada 50 metr masofaga erkin usulda suzish va SM10 toifada 200 metr masofaga kompleks suzish boʻyicha bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
2022-yilda Birmingem shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Greenwood SM10 toifada ayollar oʻrtasida 200 metr masofaga kompleks suzish bahslarida oltin medal sohibasiga aylangan. 2023-yilda Angliyaning Manchester shahrida oʻtkazilgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida S10 toifada ayollar oʻrtasida 100 metr masofaga batterflay usulida suzish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Greenwood toʻrtta yoʻnalishda, jumladan, ayollar oʻrtasida S10 toifada 50 metr masofaga erkin usulda suzish (8-oʻrin), 100 metr masofaga chalqancha suzish (6-oʻrin), 100 metr masofaga batterflay suzish (4-oʻrin) va 200 metr masofaga kompleks suzish (6-oʻrin) bahslarida ishtirok etgan.
2024-yilda Greenwood Martin Roberts murabbiyligi ostida mashgʻulotlarni olib bordi va ACT Sport Akademiyasi stipendiyasiga ega boʻldi.
Manbalar
Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2004-yilda tugʻilganlar