Paulo Jorge Gomes Bento (1969-yil 20-iyunda tugʻilgan) – portugaliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Futbolchilik faoliyati davrida asosiy fazilati toʻp tortib olish va oʻyin jarayonini boshqarish boʻlgan tayanch yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Paulo oʻz mamlakatidagi uchta asosiy jamoadan ikkitasida oʻynagan, 11 mavsum davomida Primeira Liga turnirida jami 284 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan, shuningdek, Ispaniyada „Real Oviedo“ safida toʻrt yil toʻp surgan. U Portugaliya terma jamoasi tarkibida 2002-yilgi Jahon chempionati va 2000-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

Bento 2005-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. U toʻrt yil-u toʻrt oy davomida nisbatan muvaffaqiyatli tarzda Sporting CP jamoasini boshqargan va Gretsiyaning „Olimpiakos“ klubi bilan Gretsiya Superligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Bento oʻz vatani hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalarini toʻrt yildan boshqarib, har ikki jamoani ham jahon chempionati va qitʼa musobaqalariga olib chiqishga erishgan. 2023-yilda u Birlashgan Arab Amirliklari milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

Futbolchilik faoliyati

Lissabonda tugʻilgan Bento oʻz vatanida Estrela da Amadora, Vitoriya de Gimarayns va Benfika jamoalarida professional futbolchi sifatida oʻynagan. Shuningdek, u toʻrt yil davomida Ispaniyaning „Real Oviedo“ klubida ham faoliyat yuritgan boʻlib, ushbu jamoaning La Liga turnirida oʻz oʻrnini saqlab qolishiga katta hissa qoʻshgan. Keyinchalik u oʻz faoliyatini Sporting CP jamoasida davom ettirgan va shu klubda futbolchilik darini yakunlagan. Paulo Sporting CP tarkibida 2002-yilda László Bölöni rahbarligida oltin dublga erishgan mashhur jamoaning bir qismi boʻlgan. Bento Primeira Liga musobaqasida 31 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan hamda Mario Jardel va Joau Pintu kabi futbolchilar bilan birga maydonga tushgan.

Bento Portugaliya milliy terma jamoasi safida 35 ta oʻyin oʻtkazgan. U 1992-yil 15-yanvarda Ispaniyaga qarshi 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan oʻyinda debyut oʻyini oʻtkazgan va soʻnggi bor 2002-yil 14-iyunda, 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda maydonga tushgan. Bento shuningdek 2000-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. Bu turnirda u, Oviedoda ikki mavsumni birga oʻtkazgan jamoadoshi Abel Xavier hamda Nuno Gomes bilan birgalikda, Fransiyaga qarshi yarim final magʻlubiyatidan soʻng nomunosib xulq-atvori uchun jazo olgan (Bentoning holati besh oylik muddatga toʻgʻri kelgan).

Murabbiylik statistikasi

+ Jamoa va lavozim boʻyicha murabbiylik natijalariJamoaMamlakatYildanYilgachaNatijalar Sporting CP 2005-yil 21-oktyabr 2009-yil 5-noyabr Portugaliya 2010-yil 21-sentyabr 2014-yil 11-sentyabr Cruzeiro 2016-yil 11-may 2016-yil 25-iyul Olympiacos 2016-yil 11-avgust 2017-yil 6-mart Chongqing Lifan 2017-yil 11-dekabr 2018-yil 22-iyul Janubiy Koreya 2018-yil 17-avgust 2022-yil 5-dekabr Birlashgan Arab Amirliklari 2023-yil 9-iyul 2025-yil 26-mart Umumiy Yutuqlari Oʻyinchi sifatida Estrela Amadora

Portugaliya Kubogi: 1989–90 Benfika

Portugaliya Kubogi: 1995–96 Sporting CP

Portugaliya Oliy Ligasi: 2001–02 Portugaliya Kubogi: 2001–02 Kandido de Oliveyra Superkubogi: 2000, 2002

Murabbiy sifatida Sporting CP

Portugaliya Kubogi: 2006–07, 2007–08 Kandido de Oliveyra Superkubogi: 2007, 2008 Liga Kubogi ikkinchi oʻrini: 2007–08, 2008–09 Olimpiakos

Gretsiya Superligasi: 2016–17 Janubiy Koreya

EAFF E-1 Futbol Chempionati: 2019 Shaxsiy mukofotlar

CNID Yil murabbiyi: 2005–06

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:C.F. Estrela da Amadora futbolchilari Turkum:Vitória S.C. futbolchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Real Oviedo futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyalik futbol murabbiylar Turkum:Sporting CP murabbiylari Turkum:Cruzeiro EC murabbiylari Turkum:Olympiacos F.C. murabbiylari Turkum:Primeira Liga murabbiylari Turkum:Gretsiya Superligasi murabbiylari Turkum:Portugaliya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:2012-yilgi UEFA Yevropa chempionati murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 murabbiylari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2019 murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 murabbiylari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2023 murabbiylari Turkum:Portugaliyalik muhojir futbol murabbiylar Turkum:Braziliyadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Gretsiyadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Xitoydagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar