Al-Xaldiya sport klubi () – Bahraynning Hamad shahrida joylashgan professional futbol klubidir. 2020-yilda tashkil etilgan bu klub qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatga erishgan va hozirda mamlakatning oliy futbol ligasi hisoblangan Bahrayn Premyer-ligasida ishtirok etmoqda. Jamoa oʻz uy oʻyinlarini 35,580 tomoshabin sigʻadigan Bahrayn milliy stadionida oʻtkazadi. „Al-Xaldiya“ nomi „abadiylik“ degan maʼnoni anglatib, bu klubning intilishlarini ramziy tarzda ifodalaydi.
Tarixi
Al-Xaldiya sport klubi 2020-yil 27-oktyabrda tashkil topgan va Bahrayn ikkinchi divizionida oʻz ishtirokini boshlagan. Birinchi mavsumda jamoa 12 ta gʻalaba, 5 ta durang va atigi bitta magʻlubiyat bilan 2-oʻrinni egallab, Bahrayn Premyer-ligasiga koʻtarilish huquqini qoʻlga kiritgan. Qirol kubogining saralash bosqichida ular Bahrayn SC jamoasini 6:1 hisobida magʻlub etishgan. Kubokning 1/8 final bosqichida Al Riffa jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻlib turnirni erta tark etishgan.
2021-22-yilgi mavsum
2021–22-yilgi mavsum klubning Bahrayn oliy ligasidagi ilk mavsumi edi. Klubga Bahrayn futbolining mashhur ismlari va Bahrayn milliy terma jamoasining 7 nafar doimiy aʼzosi jalb etilgan. Xorvatiyalik murabbiy, Osiyo Chempionlar Ligasi gʻolibi Dragan Talajić klub bilan shartnoma imzolagan. Klub tez orada autsayder holatidan Bahraynning eng kuchli jamoalaridan biriga aylangan. 2021-yil 29-dekabrda klub Bahrayn Qirol kubogining yarim finaliga chiqqan va 2022-yil 5-fevralda yarim finalda oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan. Shu tariqa, klub Bahrayn oliy ligasining birinchi mavsumidayoq bu yutuqqa erishgan ilk jamoa boʻlgan. 10-fevral kuni Talajić „Al Xaldiya“ jamoasini klub tarixida birinchi marta Bahrayn Qiroli kubogi-2022 finaliga olib chiqdi. 5-mart kuni esa „Al Xaldiya“ „Sharqiy Riffa“ klubini magʻlub etib, Bahrayn Qirol kubogini qoʻlga kiritdi va shu bilan klub tarixida birinchi marta oliy darajadagi sovrinni qozondi.
Futbolchilar Joriy tarkib
Murabbiylar tarixi +MurabbiyMavsum Mohammad Al-Shamlan2021-yil iyul – 2021-yil 30-noyabr Dragan Talajić2021-yil 11-dekabr – 2022-yil 1-iyun Bruno Pereira2022-yil 3-avgust – 2022-yil 10-dekabr Dalibor Starčević2022-yil 11-dekabr – 2023-yil 30-iyun Miloud Hamdi2023-yil 1-iyul – 2023-yil 13-dekabr Ali Ashoor2023-yil 1-dekabr – hozirgi kungacha
Yutuqlari Bahrayn Premer-ligasi: (2) 2022-23, 2023-24 Bahrayn Qirol kubogi: (2) 2021-22, 2024-25-yillar Bahrayn Superkubogi: (2) 2022–23, 2023–24 Khalid Bin Hamad kubogi: (1) 2024-25-yillar
Manbalar
Turkum:2020-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Bahrayn futbol klublari