Abu Tolib Yahyo (951–1033) 1020–1033-yillarda Zaydiya tariqati imomi boʻlgan.
Abu Tolib Yahyo oʻzining katta akasi va salafi al-Muayyad Ahmad singari koʻzga koʻringan ilmli kishi boʻlgan va imom Hasan ibn Alining avlodlaridan sanalgan. U Eronning Gilon va Deylaman hududlaridagi zaydiylar imomatida al-Mu’ayyad Ahmadning oʻrniga rasmiy ravishda xalifa sifatida taxtga chiqqanCarl Brockelmann, Geschichte der arabischen Litteratur, Supplement, Vol. I. Leiden 1937, p. 697.. Oʻsha davrda ikki yirik zaydiy hududlari mavjud boʻlib, ular Kaspiy dengizining janubiy sohasi va Yaman togʻliklari edi. 1013-yilda imom al-Mahdiy al-Husaynning vafotidan keyin uzoq yillar davomida Yaman hududida mahalliy imom tayinlanmadi. Zaydiylar tarixida al-Mu’ayyad Ahmad va Abu Tolib Yahyo garchi ular hech qachon Yamanga bormagan boʻlsalar ham baʼzan shunday imomlar sifatida tilga olinadiList in Cornelis van Arendonk, Les débuts de l’imamat zaidite au Yemen. Leiden 1960; Cesare Ansalsi, Il Yemen nella storia e nella leggenda. Roma 1933, p. 134; http://www.hukam.net/family.php?fam=2..
Manbalar
Turkum:Hasaniylar Turkum:1033-yilda vafot etganlar Turkum:951-yilda tugʻilganlar Turkum:11-asr xalifalari Turkum:Yamanning Zaydiy imomlari Turkum:10-asr arab shaxslari Turkum:11-asr arab shaxslari