Sevillay Öztürk (2003-yil 28-noyabrda tugʻilgan) – turkiyalik para suzuvchi. S5 toifasida erkin uslubda, chalqancha va batterfly uslubi boʻyicha sprint bahslarida ishtirok etadi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Sevilay Öztürk 2003-yil 28-noyabrda tugʻilgan. Otasining ismi Bülent Öztürk, onasining ismi Hülya. Sevillay oilada toʻngʻich farzand hisoblanadi.
Sevillay mahalliy maktabda taʼlim olgan, otasi uning oʻqishida juda katta yordam bergan. U yozish uchun oyogʻidan foydalanadi.
Suzish faoliyati Öztürk 2010-yilda oʻz shahridagi kasalxonada koʻplab muvaffaqiyatlarga erishgan ilk milliy para suzuvchi, ikkala aʼzosi ham rivojlanmagan Beytullah Eroğlu bilan uchrashgandan keyin suzishni boshlagan. U 2013-yilda muntazam ravishda suzish mashgʻulotlarini boshlagan. Milliy para suzish chempionatlarida uchta oltin va ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan. Sportchi xalqaro maydondagi debyutini 2016-yil iyun oyida Berlin shahrida oʻtkazilgan 30-xalqaro Germaniya chempionatida amalga oshirgan. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiyada oʻyinlariga yoʻllanma olib, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan. Oʻyinlarda u eng yosh sportchi boʻlgan, biroq musobaqa medallaridan biriga sazovor boʻlmagan. 2017-yilda Italiyaning Liguria shahrida oʻtkazilgan Yevropa Para Yoshlar oʻyinlarida ayollar oʻrtasida S5 toifasida 50 m chalqancha suzish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Öztürk tugʻma aʼzo yetishmovchiligi sababli suzish musobaqalarida S5 toifasida ishtirok etadi. Boʻyi 1,45 m (4 fut 9 dyuym) boʻlgan para suzuvchi Qahramonmarʼash shahar hokimiyati sport klubida shugʻullanadi. Unga Ali Uzun murabbiylik qiladi.
2019-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida oʻtkazilgan Jahon para suzish chempionatida sportchi S5 toifasida 50 metrga batterfly usulida suzish yoʻnalishida 47.35 soniya natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Turkiya milliy paralimpiya qoʻmitasi tomonidan Mahmut Bozteke bilan birga mamlakat bayrogʻini koʻtarib chiquvchi sportchilar sifatida saralab olingan.
Muvaffaqiyatlari Raqobat Joy Tadbir Daraja Vaqt Ref 30-xalqaro Germaniya chempionati, Berlin 50 m erkin uslub, S5 saralash 56.57 50 m batterfly, S5 5 52.87 100 m erkin uslub, S5 saralash 2:10.39 100 m chalqancha suzish, vaqt koʻrsatkichi boʻyicha, S5 2:09.96 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari, Rio-de-Janeyro 50 m erkin uslub, S5 8 50.34 50 m batterfly, S5 5 50.14 50 m chalqancha suzish, S5 6 50.19 100 m erkin uslub, S5 saralash 1:54.87 2017-yilgi Yevropa para-yoshlar oʻyinlari, Liguriya 50 m erkin uslub, S5 4 46.60 50 m chalqancha suzish, S5 46,70 Para suzish boʻyicha 2019-yilgi jahon chempionati London 50 m batterfly, S5 47.35 50 m chalqancha suzish, S5 8 50.54
Manbalar
Turkum:2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar