Nuriddin Muhammad Zuhuriy (vafoti: hijriy 1025-yil / milodiy 1616-yil) – fors shoiri, taxminan 1537-yilda tugʻilgan. Zuhuriy oʻzini Qain shahrida tugʻilgan deb aytgan boʻlsa-da, anʼanaviy ravishda uning tugʻilgan joyi Turshiz tumanidagi qishloq hisoblanadi, shuning uchun unga koʻpincha Turshiziy nisbasi bilan murojaat qilinadi. U oʻz faoliyatini Yazd shahrida, Gʻiyosiddin Mir-i Miron saroyida boshlagan va u yerda shoir Vahshiy bilan tanishgan. Bir necha yilni Sherozda oʻtkazgach, 1580-yilda Dekanga koʻchib oʻtadi va u yerda Ibrohim Odilshoh II xizmatiga kiradi. U yerda Nuriddin Muhammad Zuhuriy Mavlono Molik Qumiyning qiziga uylanadiSprenger, Aloys (1854). A Catalogue of the Arabic, Persian and Hindu’staʼny Manuscripts of the Libraries of the King of Oudh. Calcutta: J. Thomas, p. 125.Available online: http://doi.org/10.5281/zenodo.3344757..
Unga oid maʼlum asarlardan biri Soqinoma hisoblanadi. Uning sheʼrlar toʻplami Kulliyoti Zuhuriy nomi bilan mashhur boʻlib, uning eng qadimgi qoʻlyozmasi Britaniya kutubxonasidagi Hindiston idorasi toʻplamida saqlanadi. Ushbu qoʻlyozmadagi muhrlar shuni koʻrsatadiki, u bir vaqtlar Shoh Jahon kutubxonasida boʻlgan. U 1616-yilda, hamkasbi Qumiy bilan bir yilda vafot etgan.
Asarlari Sāqīʻnāma (Soqinoma) Kulliyyāt-i Ẓuhūrī (Kulliyoti Zuhuriy)
Manbalar
Havolalar
Zuhuriy haqida maqola Encyclopædia Iranica da