Lucilene da Silva Sousa (2000-yil 5-aprelda tugʻilgan) – braziliyalik para suzuvchi.
Yoshlik yillari Sousa Pará shtatining São Miguel do Guamá munitsipalitetidan. U tugʻma optik nerv atrofiyasi bilan dunyoga kelgan, bu holat uning koʻrish qobiliyatining pasayishiga olib kelgan. Suzish bilan shugʻullanishidan oldin akasi Josemárcioning taʼsiri bilan goalbol sport turi bilan shugʻullangan, 2017-yilda San-Paulu shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar oʻrtasida Parapan Amerika oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Karyerasi 2019-yilgi Parapan Amerika oʻyinlarida Sousa S13 toifasida 400 metrga erkin usulda, 50 va 100 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida kumush medallarni qoʻlga kiritgan.
Sousaning para suzish boʻyicha Jahon chempionatidagi debyut ishtiroki 2019-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida oʻtkazilgan musobaqaga toʻgʻri keladi. Musobaqada sportchi Wendell Belarmino, Carolina Santiago va Carlos Farrenberg bilan birgalikda jamoaviy bahslarda 49 ochko toifasida 4 × 100 metrga erkin usulda estafeta suzish yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ularning jamoasi 3:53.17 koʻrsatkichi bilan marraga yetib kelishgan va Amerika qitʼasining yangi rekordini oʻrnatgan. Sousa, shuningdek, S12 toifasida 100 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida 6-oʻrin, S12 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha esa 8-oʻrinni egallagan.
2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida sportchi Wendell Belarmino, Douglas Matera va Carolina Santiago bilan birgalikda 49 ochko toifasida aralash bahslarning 4 × 100 metrga erkin usulda estafeta suzish bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular 3:54.95 natijani qayd etgan.
2022-yil iyun oyida Portugaliyaning Madeira shahrida boʻlib oʻtgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida Sousa S12 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish bahsida bronza medalini qoʻlga kiritgan. U Carolina Santiago, José Luíz Perdigão va Guilherme Batista bilan birga 49 ochko toifasida 4 × 100 metrga aralash estafeta yoʻnalishida ishtirok etib, 4:33.30 vaqt koʻrsatkichi bilan oltin medalga ega chiqqan. Ushbu natija 2-oʻrinni egallagan Ispaniya jamoasinikidan atigi 0.22 soniyaga oldinda edi. Shuningdek, 49 ochko toifasida aralash jamoaviy bahslarning 4 × 100 metrga erkin usulda estafeta suzish yoʻnalishida esa u Matheus Rheine, Douglas Matera va Carolina Santiago bilan bir jamoada qatnashgan va yana oltin medalni qoʻlga kiritgan, ular qayd etgan natija 3:54.26 ga teng boʻlgan. Bundan tashqari, sportchi S13 toifasida 100 metrga batterfly usulida suzish boʻyicha 4-oʻrinni, 100 metrga erkin usulda suzish boʻyicha 5-oʻrinni va 100 metrga batterfly usulida suzish boʻyicha esa 8-oʻrinni egallagan. 2023-yilgi Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Sousa 100 metrga erkin usulda suzish bahsida 1:01.54 koʻrsatkichini qayd etgan holda bronza medalini qoʻlga kiritgan. U Carolina Santiago, Matheus Rheine va Douglas Matera bilan birga 49 ochko toifasida aralash jamoaviy bahslarning 4 × 100 metrga erkin usulda estafeta suzish yoʻnalishida qatnashib, 3:56.03 natija bilan oltin medalga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Lucilene da Silva Sousa 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari, Parij
Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Braziliyalik para suzuvchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar