Matruziyev Iqbolbek Xasanboyevich (1984-yil, Jalaquduq tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2020-yil oktyabr oyidan 2022-yil apreligacha Oltinko‘l tumani hokimi.

Tarjimai holi Iqbolbek Matruziyev 1984-yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 2008-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yili Jalaquduq tumani 50-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ishchisi vazifasidan boshlagan. 2004-2006-yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tumani xalq ta’limi bo‘limi markazlashgan hisobxona kompyuter operatori bo‘lgan. 2017-2018-Andijon viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020-yildan 2022-yilgacha Oltinko‘l tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan. Iqbolbek Matro‘ziyev 2022-yil aprel oyida prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida lavozimidan ozod etilgandi.

Manbalar

Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Hokimlar Turkum:Oʻzbekiston maʼmuriy birliklari hokimlari Turkum:Oʻzbek iqtisodchilari Turkum:Jalaquduq tumanida tugʻilganlar Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari