Fazliddin Erkinboyev — oʻzbekistonlik bokschi. Boks bo‘yicha 2025-yilgi jahon chempionatida −75kg vazn toifasida jahon chempioni. Faoliyati 2025-yil 31-mart – 5-aprelda Braziliyada bo‘lib o‘tgan Boks boʻyicha 2025-yilgi Jahon Kubogi I bosqichida 75 kg vazn toifasida oltin medal sovrindori bo‘lgan.

2025-yil sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionati finalida bolgariyalik bokschi Rami Kiwan ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Boks boʻyicha jahon chempionlari