Aziza Zokirova (Jizzax, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida va 2024-yilgi boks boʻyicha Osiyo chempionatida sovrindori.

Faoliyati Aziza Zokirova 2024-yilda Parij Olimpiadasiga yoʻllanma olish uchun Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan litsenzion turnirda ishtirok etgan, lekin yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan. Shu yilning dekabr oyida Tailandning Chiangmay shahrdia oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.

2025-yil Serbiyaning Nish shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo chorak finalda magʻlub boʻlgan. Shu yilning sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar