Hiloliylarning Ifriqiyaga bosqini () Banu Hilol arab qabilalarining Ifriqiyaga koʻchib oʻtishidir. Bosqin Fotimiylar tomonidan Ziriylar oʻzaro aloqani uzib, Abbosiy xalifalar hokimiyatini tan olganlari uchun jazolash maqsadida uyushtirilgan.

Kelib chiqishi 969-yilda Fotimiylar Misrni zabt etgach, oʻsha paytda Abbosiylar vassallari boʻlgan Ixshidiylar hukmronligiga barham berilgan edi. Shundan soʻng, Fotimiylar Magʻribdagi oʻz mulklari ustidan nazoratni asta-sekin yoʻqota boshladilar. 972-yilda Ziriylar Fotimiylardan mustaqillik eʼlon qilib, Abbosiylar hukmronligini tan oldilarمحمد كمال شبانة (1429 هـ – 2008م). الدويلات الإسلامية في المغرب: دراسة تاريخية حضارية. دار العالم العربي. Page 145.. Fotimiylar Ziriylar va Hammadiylarni jazolash maqsadida Magʻrib hududiga vayronkor Banu Hilol bosqinchilarini yubordilar.

Bosqin 1050-yilda Kirenaikani vayron qilgan Banu Hilol qabilasi gʻarb tomon, Ziriylar davlati hududlariga siljiy boshladi. Hiloliylar Ifriqiyani talab, vayron qilishga kirishdilar. 1052-yil 14-aprelda Haydaron jangida Ziriylarni uzil-kesil magʻlubiyatga uchratdilarGilbert Meynier (2010) L’Algérie cœur du Maghreb classique. De l’ouverture islamo-arabe au repli (658-1518). Paris: La Découverte; p. 53.. Shundan soʻng, Hiloliylar Zenatalarni Ifriqiyadan haydab chiqarib, Hammadiylarni har yili oʻlpon toʻlashga majbur qildilar. Shu tariqa Hammadiylarni oʻzlariga qaram qildilar. Qayravon shahrini 1057-yilda Ziriylar tashlab ketgach, Hiloliylar talon-taroj qildilar.

Oqibatlari Bosqin oqibatida Ziriylar va Hammadiylar Ifriqiyaning sohil hududlariga quvildi. Ziriylar oʻz poytaxtini Qayravondan Mahdiyaga koʻchirishga majbur boʻlib, hukmronligi Mahdiya atrofidagi tor sohil mintaqasi bilan cheklanib qoldi. Shu bilan birga, Hammadiylar hukmronligi Tenes va El Kala oraligʻidagi sohil mintaqasiga chekinib, ular Banu Hilolning vassallariga aylandilar. Banu Hilolning tobora kuchayib borayotgan tazyiqi tufayli Hammadiylar 1090-yilda poytaxtni Beni Hammaddan Bejaia shahriga koʻchirishga majbur boʻldilar.

Yana qarang Haydaron jangi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1050-yillar ziddiyatlari Turkum:Ifriqiyaga Hiloliylar bosqini Turkum:Hammadiylar Turkum:Qayravon Turkum:Zenata