Amangilich Kochumov (; 1965-yil 24-iyulda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbol murabbiyi va sobiq sovet futbolchisi. Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2020-yildan „Nebitchi“ klubining hozirgi bosh murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati 1988—1989-yillarda Kopetdag jamoasida oʻynagan. 1989—1991-yillarda „Ahal“ klubida oʻynagan.
1992-yilda mustaqil Turkmaniston chempionatining 1-turida Sport Buzmeyin klubi darvozasiga 5 ta gol urgan. Keyinchalik qolgan 20 tur davomida yana 22 ta gol muallifi boʻlgan. 1993-yilgi mavsumda „Buzmeyin“ klubida oʻynagan.
1994—1999-yillarda u „Turan“ (jamoa sardori edi), „Eskawatorşik“, „Merv“, „Kopetdag“ klublarida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati Amangilich murabbiylik faoliyati 1999-yil oxirida Ahal klubida boshlangan. 2000-yilda Turkmaniston Ichki ishlar vazirligining Galkan FK jamoasini boshqarib, jamoani Yokari ligaga olib chiqqan. 2001-yildan Turkmaniston olimpiya zaxiralari futbol maktabi katta murabbiyi va oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.
2002-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining Xalqaro oʻsmirlar oʻyinlarida Kochumov murabbiyligidagi Turkmaniston oʻsmirlar terma jamoasi kuchli sakkizlikka kirgan. Bu muvaffaqiyat ortida Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni berilgan.
2005-yilda Turkmaniston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi boʻlgan. Jamoa bilan faqat bitta oʻyin oʻtkazgan, unda Turkmaniston terma jamoasi Bahraynga (0:5) magʻlub boʻlgan.
2008-yildan 2015-yilgacha „Ashxobod“ klubida bosh murabbiylik qilgan.
2011-yilda Turkmaniston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2015-yilda Turkmaniston terma jamoasini 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etishga tayyorlash uchun bosh murabbiy etib tayinlangan. Amangilich bu davrda Turkmaniston U23 va Turkmaniston terma jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. Turkmaniston terma jamoasi saralash oʻyinlari „D“ guruhida 3-oʻrinni egallagan va bu natija jamoaga JCh—2018 saralash oʻyinlarining keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatini qoldirmagan. Shunga qaramay jamoa 2019-yilgi Osiyo Kubogi yoʻllanmasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan.
2019-yil iyul oyida „Ashxobod“ klubi bosh murabbiyligidan ozod etilgan. 2019-yil sentyabr oyida „Ahal“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganAmanklich Kochumov naznachen glavnim trenerom futbolnogo kluba „Axal“. Kochumov 2020-yilning avgust oyidan beri Nebitchi jamoasini boshqarmoqdaAmanklich Kochumov vozglavil balkanabatskiy „Nebitchi“.
Shaxsiy hayoti Amangilichning otasi Ovez Kochumov ham futbol sohasida faoliyat olib borgan, Ovez Kochumov butunittifoq toifali hakam, Turkmanistonning xizmat koʻrsatgan murabbiyi va Turkmaniston futbol federatsiyasining faxriy raisi boʻlgan.
Yutuqlari
Futbolchi sifatidagi yutuqlari
Ahal FK
Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 1992-yil
Buzmeyn FK
Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 1993-yil
Turan Daszoguz
Turkmaniston kubogi sohibi: 1995-yil Turkmaniston kubogi finalchisi: 1994-yil
Kopetdog Ashxobod
Turkmaniston ikkinchi oʻrin sohibi: 1998/99
Murabbiylik yutuqlari
Galkan
Turkmaniston Oliy ligasiga chiqish: 2000-yil
Ashxobod
Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil Turkmaniston kubogi finalchisi: 2011-yil
Davlat mukofotlari Turkmaniston sport ustasi unvoni Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni: 2002-yil
Manbalar
Havolalar
Amangilich Kochumov Footballfakts saytida Amangilich Kochumov Transfermakrt saytida
turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ashxobodlik futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:Bagtiyarliq-Lebap FK futbolchilari Turkum:FC Marv futbolchilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:Buzmeyin futbol klubi futbolchilari Turkum:Turon Toshoʻgʻuz futbol klubi futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:FC Ahal klubi murabbiylari Turkum:Ashxobod futbol klubi murabbiylari Turkum:Nebitchi klubi murabbiylari Turkum:Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:Turkmaniston sport ustasi