Berdi Bayrammurodovich Shomurodov (; 1982-yil 22-iyun Ashxobodda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbol murabbiy va sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Berdi 2008—2015-yillarda Turkmaniston milliy terma jamoasi safida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati Olti yoshidan boshlab futbol bilan shugʻullana boshlagan. Birinchi murabbiysi Andrey Ivanovich Skorichenko edi. Keyinchalik Shomurodov bilan murabbiy sifatida Boris Grigoryan ishlagan.

Professional faoliyatini „Ahal“ klubida boshlagan.

2004-yildan boshlab MTTU jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum davomida 19 ta gol urib, 2004-yilgi Turkmaniston chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

2004/05-yilgi mavsumning birinchi yarmida Ozarbayjonning Yevlax shahridagi „Karvan“ jamoasida toʻp surgan.

2005-yil boshida vataniga qaytib, yana MTTU safida oʻynay boshlagan. 2005-yilda jamoasi bilan birga mamlakat chempioni unvonini qoʻlga kiritgan va 30 ta gol urib, chempionatning eng yaxshi toʻpurari deb topilgan. Shuningdek, 2007-yilda (16 ta gol), 2008-yilda (12 ta gol), 2009-yilda (18 ta gol) va 2010-yilda (11 ta gol) ham mavsumning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Bir necha bor Hamdoʻstlik Chempionlar kubogida ishtirok etgan, 2010-yilda esa MTTU bilan birgalikda ushbu musobaqaning yarim finaligacha yetib borgan.

2011-yilda poytaxtning „Ashxobod“ jamoasi tarkibida oʻynagan.

2013-yilda MTTU jamoasi safida mavsum boshida Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan, mavsum oxirida esa Turkmaniston chempionatining oltin medallariga sazovor boʻlgan4 ýyldan soň 4-nji çempionlyk .

2014-yilgi mavsumni „Oltin Asr“ jamoasi tarkibida boshladiAltyn asyryň şowly başlangyjy, dastlabki mavsumning oʻzidayoq Turkmaniston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik „Ashxobod“ jamoasida toʻp surgan, 2017-yilda esa futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Turkmaniston chempionatlarida jami 200 ga yaqin gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati Uzoq vaqt davomida Turkmaniston futbol terma jamoasining sardori boʻlib kelgan. Terma jamoa bilan birga ikki marta OFK Chaqiruv kubogi finaliga chiqishga erishgan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport institutida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Shomurodov 2020-yil bahorida Ashxobod shahar sport va yoshlar siyosati bosh boshqarmasining 10-sonli sport maktabiga ishga kirgan.

2020-yil avgust oyida Amangilich Kochumov bosh murabbiylik qilayotgan „Nebitchi“ futbol klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlangan.

Yutuqlari Turkmaniston

AFC Chaqiruv Kubogi finalchisi: 2010, 2012

MTTU

Turkmaniston chempioni: 2005, 2006, 2009, 2013 Turkmaniston chempionatining kumush medal sovrindori: 2007, 2008 Turkmaniston Superkubogi gʻolibi: 2009, 2013 Turkmaniston kubogi sovrindori: 2006 Turkmaniston kubogi finalchisi: 2008 Hamdoʻstlik kubogi yarim finalchisi: 2010

Oltin Asir

Turkmaniston chempioni: 2014

Shaxsiy hayoti Xalqaro turkman-turk universitetini bitirgan.

Faoliyat statistikasi

Terma jamoadagi gollari № Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2008-yil 3-oktyabr Thong Nhat stadioni, Xoshimin 2008-yil HCM City Intʼl futbol kubogi 2. 2009-yil 14-aprel Rasmee Dhandu stadioni, Malé 2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi 3. 2009-yil 18-aprel Rasmee Dhandu stadioni, Malé 2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi 4. 2009-yil 18-aprel Rasmee Dhandu stadioni, Malé 2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi 5. 2009-yil 22-oktyabr Thong Nhat stadioni, Xoshimin 2008-yil HCM City Intʼl futbol kubogi 6. 2010-yil 27-fevral Sugathadasa stadioni, Colombo 2010-yilgi OFK Chaqiruv kubogi 7. 2011-yil 23-mart MBPJ stadioni, Petaling Jaya 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi saralashi 8. 2011-yil 28-iyul Gelora Bung Karno stadioni, Jakarta 2014-yilgi jahon chempionati saralashi 9. 2012-yil 19-mart Dasarath Rangasala stadioni, Katmandu 2012-yilgi OFK Chaqiruv kubogi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ashxobodlik futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Aşgabat futbolchilari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:FK Yedigen futbolchilari Turkum:Karvan FK futbolchilari Turkum:Altyn Asyr FK futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari