Hammad ibn Buluggin () (1029-yil avgustda vafot etgan) hozirgi Jazoir hududida hukmronlik qilgan Hammadiylar sulolasining birinchi hukmdori (1014—1029). Hayoti Otasi Buluggin ibn Ziriy vafotidan soʻng, Hammadning akasi al-Mansur ibn Buluggin () Ifriqiyadagi Ziriylar sulolasi rahbari boʻldi. Hammadni esa markaziy Magʻrib (hozirgi Jazoirning shimoliy hududlariga mos keladi) hududga hokim etib tayinladi. Zenata qabilalariga qarshi kurash olib borib, oxir-oqibat, ularni Marokash hududlariga siqib chiqardi. Hammad 1007-yilda Setifdan gʻarbda joylashgan Xodna togʻlarida al-Qala nomli qarorgohiga asos solib, keng koʻlamli qurilish ishlarini boshlab yubordi. Qurilishlar davomida zamondoshlari orasida juda mashhur boʻlgan saroy va masjid ham bor edi.
Shundan soʻng, Hammadning Ziriylar saltanatining gʻarbiy qismida nufuzi osha boshladi. Hammad 1014-yilda sunniylikni qabul qildi. Ziriylardan mustaqillik eʼlon qilib, Bagʻdoddagi sunniy Abbosiylarni qonuniy xalifalar deya tan oldi. Dastlab Ziriylar ziddiyatga kirishgan boʻlsalar-da, 1016-yilda urush harakatlarini toʻxtatishga majbur boʻldilar. 1018-yilda esa Hammadiylar davlati mustaqilligini tan olishga majbur boʻldilar. 1024-yilning sentyabr—oktyabr oylarida al-Muʼizz ibn Badisning singlisi Ummu al-Ulu Hammad ibn Bulugginning oʻgʻli Abdullohga turmushga chiqdi. 1024-yilning 8—9-oktyabr kunlari dabdabali toʻy qildilar. Ummu al-Ulu 1053/1054-yilda (hijriy 445) vafot etdi.
Hammadning vorisi Qaid ibn Hammad () boʻlib, uning davrida Fotimiylar bilan munosabatlar qayta tiklangan.
Manbalar
Turkum:1028-yilda vafot etganlar Turkum:Hammadiylar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Shialikdan sunniylikka oʻtganlar Turkum:11-asr Afrika monarxlari Turkum:11-asr berberlari