Saidqahhor Muhammadkarim oʻgʻli Xolxoʻjayev – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. 2026-yil 17-oktyabrdan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi (2022—2026-yillar).

Tarjimai holi Saidqahhor Xolxoʻjayev 1981-yil Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2002-yil Toshkent moliya institutini bakalavr, 2004-yilda esa magistratura darajasida tamomlagan.

Oʻn yetti yil davomida u bank sohasida ishlagan. Mehnat faoliyatini 2002-yilda Asakabank Shayxontohur filialida boshlab, 2015-yilda shu bank tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

2015—2017-yillarda Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik iqtisodiy sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti Bank va moliya tizimlarini isloh qilish shoʻbasining Bank va moliya tizimlarini isloh qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2017—2019-yillarda „Oʻzagrosugʻurta“ sugʻurta kompaniyasini boshqargan.

2019-yil martida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari boʻlgan.

2020-yil dekabrda esa Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.

2022-yil 22-avgustdagi xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdan tashqari 64-sessiyasi qaroriga binoan Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi va 2026-yil 17-oktyabrgacha ushbu lavozimda xizmat qildi.

2026-yil 17-oktyabrda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinladi.

Manbalar

Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent moliya instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik bankirlar Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Oʻzbekiston tumanlari hokimlari