Yasmin Wijnaldum (1998-yil 10-iyulda tugʻilgan) – gollandiyalik model.

Yoshlik davri Wijnaldum 1998-yil 10-iyulda Niderlandiyaning Amsterdam shahrida tugʻilgan. Uning otasi surinamlik, onasi esa Gollandiyadan boʻlgan. 16 yoshida Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan.

Karyerasi Yasmin Wijnaldum oʻzining model sifatidagi debyutini 2014-yilda Elite Model Look tanlovida amalga oshirgan, u yerda model Niderlandiya nomidan xalqaro tanlovning final bosqichida ishtirok etib, Elite Model Managementning Amsterdam filiali bilan shartnomani qoʻlga kiritgan. Elite Worldwide va The Society agentliklari bilan shartnoma imzolagach, Wijnaldum podiumdagi debyutini Jean Paul Gaultier Haute Couture kuz-qish koʻrgazmasida amalga oshirgan. Shuningdek, 16-bahor/yoz koʻrgazmalari mavsumida Prada brendini namoyish qilish uchun podiumga chiqqan. Keyinroq Sasha Pivovarova va Natalia Vodianova bilan birga Pradaning 16-bahor/yoz reklama kampaniyasida ham suratga tushgan. Wijnaldumning surati ilk bor 2016-yilda jurnal muqovasida paydo boʻlgan, bu I-D jurnalining yozgi soni edi. 2018-yilda Yasmin Wijnaldum birinchi marta Victoriaʼs Secret Fashion Showda ishtirok etgan.

2017-yilda Vogue Arabia jurnali modelni „Bilishingiz kerak boʻlgan 11 model“dan biri sifatida eʼlon qilgan.

2017-yildan 2019-yilgacha Wijnaldum Models.comning „Top 50“ roʻyxatida boʻlgan. Shuningdek, model „Top Sexiest“ roʻyxatiga ham kiritilgan edi. 2018-yilda u Business of Fashion veb saytining moda sanoatini shakllantirayotgan 500 ta eng mashhur shaxslar roʻyxatida ham qayd etilgan.

2021-yilda Wijnaldum faqatgina 1 marta podiumda chiqish qildi, bu Chanel SS22 #PFW koʻrgazmasi edi. Shundan soʻng u 1 yildan ortiq vaqt davomida podiumdagi faoliyatida tanaffus eʼlon qildi. 2023-yil iyulida esa model Valentino Couture AW23 koʻrgazmasi orqali yana bir chiqishni amalga oshirdi. Nihoyat, 2024-yil mart oyida Moncler koʻrgazmasida chiqish qilgan holda toʻliq ish faoliyatiga qaytdi.

Shaxsiy hayoti Yasmin Wijnaldum 2019-yilda amerikalik repper G-Eazy bilan uchrashgan, biroq 2020-yilda Instagram tarmogʻida modelning amerikalik repper Megan Thee Stallion bilan yaqin munosabatda ekanligi ayon boʻlgach, ularning munosabatlariga yakun yasalgan.

2021-yildan boshlab model aktyor Thomas Doherty bilan yaqin munosabatda.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Nyu-York shahridan boʻlgan modellar Turkum:Amsterdamlik modellar Turkum:AQShda yashayotgan gollandiyalik muhojirlar