Fattush (; shuningdek fatush, fattoosh va fattouche) – Levant oshxonasiga oid salat boʻlib, qovurilgan yoki qizartirilgan xubz boʻlaklari aralash koʻkatlar va boshqa sabzavotlar, masalan, rediska, bodring va pomidor bilan tayyorlanadiWright, 2003, p. 241. Fattush Levant mintaqasidagi xalqlar orasida keng isteʼmol qilinadi.

Etimologiyasi Fattūsh soʻzi arabcha fatt – „maydalash“ soʻzidan va turkiy -ūsh qoʻshimchasidan tarkib topgan. Bunday soʻz yasalishi Levant arabchasida keng tarqalgan.

Oxford English Dictionary maʼlumotiga koʻra, „fattoush“ soʻzining ingliz tilida eng birinchi qadimgi qaydi 1955-yilda Stevens Point Journal gazetasida uchraydi.

Tarixi

Tarixchi Nawal Nasrallahning yozishicha, fattushni eslatuvchi vegetarian tharid retseptlari X asr arab oshpazi Ibn Sayyar al-Warraqning kitobida uchraydi. Unda quritilgan va maydalangan non, bodring, ziravorlar va zaytun moyidan foydalanilgan.

Tarkibi Fattush fatta deb ataluvchi taomlar oilasiga mansub boʻlib, ularning barchasida quritilgan non asos qilib ishlatiladiClaudia Roden, The New Book of Middle Eastern Food, 2008, p. 74. Fattush tarkibida sabzavot va koʻkatlar boʻlib, ular fasl va taʼmga qarab turlicha qoʻshiladi. Bu salatda sabzavotlar odatda tabbouleh salatidagi kabi mayda emas, balki kattaroq boʻlaklarda kesiladi. Fattushga oʻziga xos nordon taʼm berish uchun odatda sumak ishlatiladi, ayrim retseptlarda esa sumak bilan birga anor sharbati ham qoʻshiladi.

Hududiy xilma-xillik Falastin oshxonasida fattush tayyorlash uchun sarimsoq, tuz, chili qalampiri va yangi rayhon barglari hovonchada eziladi, soʻngra koʻp miqdordagi limon sharbati va tahini, baʼzan yogurt bilan aralashtiriladi. Qovurilmagan pita nonining mayda boʻlaklari shu aralashmaga botiriladi va suyuqlikni shimib oladi. Keyin sabzavotlar qoʻshiladi va taom zaytun moyi bilan yakunlanadi. Falastin versiyasining oʻziga xos xususiyati shundaki, unda Livan versiyasidan farqli ravishda oq piyoz ishlatiladi. Iordaniyada ham shunga oʻxshash usul qoʻllaniladi, lekin tahini aralashmasi oʻrniga qurut ishlatiladi.

Madaniyatda Fattush salati Arab–Isroil mojarosi doirasidagi oziq-ovqat siyosatida madaniy oʻzlashtirish haqidagi bahslarning tez-tez tilga olinadigan mavzusidir. Fattushning „isroilliklarniki“ sifatida taqdim etilishi koʻpchilik tomonidan madaniy oʻzlashtirish sifatida baholanadi.

2025-yilda „Taste Atlas“ tomonidan eʼlon qilingan „Turkumlar boʻyicha 100 ta eng yaxshi taom“ roʻyxatida fattush foydalanuvchilar baholashiga koʻra salatlar turkumida 5-oʻrinni egalladi. Yana qarang

Dakos Arab salati Non taomlari roʻyxati Zakir taomlar roʻyxati Salatlar roʻyxati Panzanella, italyan non salati

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Arab salatlari