Alpha Tauri – moda kiyim brendi boʻlib, 2016-yilda Red Bull brendining moda sanoatidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida asos solingan. Nom Aldebaran/Alpha Telts – Boʻgʻiz (Telts) yulduz turkumidagi eng yorqin yulduz, qizil gigant, tungi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri – dan olingan. Alpha Tauri (Alfa Telts) nomi, shuningdek, asoschi kompaniya Red Bullga hurmat ifodasi hisoblanadi. Bosh ofisi Avstriyaning Zalsburg shahrida joylashgan.

Yangi tendentsiyalar Ishga tushirilganidan buyon, brend turli xalqaro moda koʻrgazmalarida ishtirok etgan, masalan, FashionTechda, yiliga ikki marta oʻtkaziladigan Berlin Moda Haftasida. U yerda brend yapon kompaniyasi Shima Seiki’ning 3D Knit lab texnologiyasi yordamida kiyim ishlab chiqishda 3D texnologiyalaridan foydalanishini namoyish etgan.

Innovatsiyalar va noyob texnologiyalar Alpha Tauri oʻzining Taurex kabi maxsus toʻqimachilik texnologiyalarini ishlab chiqqan va patentlagan. Bu texnologiyalar Shveysariyaning innovatsion matolar va toʻqimachilik texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Schoeller Textil AG kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

Toʻplam AlphaTauri brendi muntazam ravishda brend ixlosmandlari uchun kiyim va aksessuarlar toʻplamini chiqazadi. Unga parka, palto, koʻylak, sviter, futbolka, kepka va sumkalar kiradi. 2018-yilda brendning ikkita rasmiy doʻkoni boʻlgan: biri Gratsda, ikkinchisi Zalsburgda.

Avtosport

Formula-1 2006—2019-yillarda „Formula-1“ chempionatida ishtirok etgan va Red Bull GmbH kompaniyasiga tegishli boʻlgan Scuderia Toro Rosso jamoasi negizida 2020-yilgi mavsumdan boshlab Italiyada joylashgan Scuderia AlphaTauri jamoasi tashkil etilgan.

Manbalar

Turkum:2016-yilda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha kompaniyalar Turkum:2016-yilda tashkil etilgan kompaniyalar Turkum:Red Bull Turkum:Kiyim va poyabzal ishlab chiqaruvchilari