Milan moda haftaligi () – har yarim yilda Italiyaning Milan shahrida oʻtkaziladigan liboslar koʻrgazmasi. Har yili fevral/mart oylarida kelasi kuz/qish kolleksiyalari, sentyabr/oktyabr oylarida esa kelasi bahor/yoz kolleksiyalari namoyish etiladi. Bu haftalikda koʻplab dizaynerlar oʻzlarining yangi ishlanmalari va kelgusi mavsum uchun kolleksiyalarini taqdim etadilar. Milan moda haftaligi Nyu-York, Parij va London moda haftaliklari bilan bir qatorda dunyodagi „yirik toʻrtlik“ moda haftaliklaridan biri hisoblanadi.
Tarix va jarayonlar 1958-yilda tashkil etilgan Milan moda haftaligi dunyodagi „yirik toʻrtlik“ moda haftaliklaridan biri hisoblanadi. Qolgan uch moda haftaliklari Parij, London va Nyu-York moda haftaliklaridir. Moda haftaliklarining oʻtkazilish tartibi odatda quyidagicha boʻladi, avval Nyu-York, soʻng London, undan keyin Milan va nihoyat Parijda yakunlanadi. 1958-yildan boshlab Milan moda haftaligi har yili ikki marta ayollar va erkaklar modasi uchun alohida haftalik shaklida oʻtkazib kelinadi.
Milan moda haftaligi qisman Italiya Milliy Moda Palatasi (Camera Nazionale della Moda Italiana) tomonidan tashkil etadi. Ushbu notijorat uyushma Italiya modasining rivojlanishini tartibga solish, muvofiqlashtirish va targʻib qilish bilan shugʻullanadi, shuningdek, Milan shahridagi moda tadbirlari va namoyishlarini oʻtkazish uchun ham mas’ul hisoblanadi. Camera Sindacale della Moda Italiana uyushmasi 1958-yil 11-iyun kuni tashkil etilgan boʻlib, hozirgi Camera Nazionale della Moda Italianaga aylangan tashkilotning dastlabki shaklidir.
2020–2022: Milano raqamli moda haftaliklari COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilgi Milan moda haftaligi faqat raqamli platformalar orqali, yaʼni 2020-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha onlayn tarzda oʻtkazilgan.
2022-yilda Gucci brendi birinchi marta Milan moda haftaligida oʻz kolleksiyasini namoyish etish uchun 136 nafar egizak modellarni sahnaga chiqargan.
Asosiy daromadlar 2021-yilda Milan moda haftaligidan olingan daromadlar quyidagicha boʻlgan:
Ishtirokchilar/tashrif buyuruvchilar: 30 000 Umumiy daromad: €64 mln Shahar daromadi: 15,5 million yevro Biznes daromadi: 48,5 million yevro Inshoot daromadi: 7 million yevro Restoran daromadi: €22 million Chakana daromad: €26 million Turar-joydan olinadigan daromad: €9 million Bir nafar tashrif buyuruvchiga oʻrtacha xarajat: €1 902
Yana qarang London moda haftaligi Parij moda haftaligi Nyu-York moda haftaligi Berlin moda haftaligi
Manbalar
Havolalar Milan moda haftaligining rasmiy sayti Milan moda haftaligi ayollar kiyimlari Milanda moda haftaligida erkaklar kiyimi Milan moda haftaligi 2019 Gucci News
Turkum:Moda haftaliklari Turkum:Milanda moda Turkum:Italiyadagi moda tadbirlari Turkum:Milandagi turistik manzillar