A Silent Voice (, Koe no Katachi, soʻzma-soʻz maʼnosi – „Sassiz ovoz“) – 2016-yilda yaratilgan yapon animatsion drama film boʻlib, Yoshitoki Ōimaning xuddi shu nomdagi mangasi asosida suratga olingan.

Film Kyoto Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Rejissyor Naoko Yamada, ssenariyni Reiko Yoshida yozgan. Shuningdek, Futoshi Nishiya personajlar dizaynini yaratgan va Kensuke Ushio musiqasini bastalagan. Ushbu mangani animatsion filmga aylantirish rejasi 2014-yil noyabrida eʼlon qilingan. 2015-yil noyabrida Kyoto Animation studiyasi filmni ishlab chiqarishi tasdiqlangan. Miyu Irino va Saori Hayami 2016-yil may oyida ovoz beruvchi aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan. Filmning rasmiy afishasi va treyleri 2016-yil iyul oyida taqdim etilgan.

Film balogʻatga yetish va psixologik drama unsurlarini oʻz ichiga oladi. Unda zoʻravonlik, nogironlik, kechirimlilik, ruhiy salomatlik, oʻz joniga qasd qilish va qarama-qarshi jins vakillari oʻrtasidagi doʻstlik mavzulari koʻtarilgan. Syujet markazida ilgari boshqalarga ozor bergan, ammo hozirda jamiyatdan chetlashtirilgan yigit haqida hikoya qilinadi. U bir necha yil avval oʻzi kamsitgan kar qiz bilan aloqani tiklashga va doʻstlashishga qaror qiladi.

Filmning premyerasi 2016-yil 24-avgustda Tokioda boʻlib oʻtgan. U Yaponiyada 2016-yil 17-sentyabrda, xalqaro miqyosda esa 2017-yil fevral–iyun oylarida namoyishga chiqqan. Tanqidchilar filmni rejissyorlik mahorati, animatsiya sifati, ovozli ijro, musiqa hamda qahramonlarning psixologik murakkabligi uchun yuqori baholaganlar. Film dunyo boʻyicha 30,8 million AQSh dollari daromad keltirgan. A Silent Voice Yaponiyada Japanese Movie Critics Awards tomonidan Eng yaxshi animatsion film mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u Japan Academy Film Prizening „Yilning eng yaxshi animatsiyasi“ hamda Mainichi Film Awardsning „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyalariga nomzod boʻlgan, biroq ushbu toifalarda mos ravishda In This Corner of the World va Sening isming filmlari yutgan.

Syujeti Shōya Ishida va uning sinfdoshlari yangi oʻquvchi – tugʻma kar boʻlgan Shōko Nishimiyani masxara qiladi va unga doimo bezorilik qiladi. Maktab direktori bu holatdan xabar topgach, Shōyaning doʻstlari barcha aybni faqat unga yuklaydi.

Shōko unga yordam bermoqchi boʻlganda, Shōya oʻz navbatida qizni ayblaydi va ular oʻrtasida janjal chiqib, jismoniy toʻqnashuv sodir boʻladi. Natijada Shōko boshqa maktabga oʻtkaziladi, Shōya esa uning kundaligini oʻzida olib qoladi.

Yuqori maktabda Shōya oʻzining ilgari bezori boʻlgani haqidagi yomon nomi tufayli tengdoshlaridan ajralib, yolgʻiz va tushkun hayot kechira boshlaydi. U asta-sekin oʻzini aybdor his qilib, faqat oʻz joniga qasd qilishgina aybini yuvadi, degan fikrga keladi. Ammo bunga qoʻl urishdan oldin, Shōya ilgari ozor bergan odamlardan uzr soʻrash va qilgan xatolarini tuzatishga qaror qiladi.

U imo-ishora markazida oʻqiyotgan Shōko Nishimiyani topib, uning daftarini qaytaradi va qiz hali ham tortinchoqligi sababli yolgʻiz yashayotganini tushunadi va u bilan yarashadi. Shuningdek, Shoya xuddi oʻzidek doʻstsiz boʻlgan sinfdoshi Tomohiro Nagatsuka bilan doʻstlashadi. Tomohiro Shoyani oʻzini bezorilardan qutqargani uchun minnatdorlik bildiradi. Mukofotlari Yil Mukofot Toifa Asar / gʻolib Natija Manba 2016Yapon kino tanqidchilari mukofotlari Eng yaxshi animatsion badiiy film A Silent Voice 2017 Yaponiya kino akademiyasi mukofoti Yilning aʼlo darajadagi animatsion filmi Yilning eng yaxshi animatsion filmi Mainichi kinomukofotlari Eng yaxshi animatsion film ComicBook.com „Golden Issue“ mukofotlari Eng yaxshi anime filmi Newtype anime mukofotlari Eng yaxshi anime filmi Tokyo Anime Award festivali Yilning anime filmi (toʻliq metrajli) Eng yaxshi ssenariy/asl hikoya Reyko Yoshida Yaponiya media san’atlari festivali Animatsiya yoʻnalishi – Aʼlo darajadagi mukofot A Silent Voice Annecy xalqaro animatsion film festivali Toʻliq metrajli film Osiyo-Tinch okeani ekran mukofotlari Eng yaxshi animatsion badiiy film Sitges kinofestivali Toʻliq metrajli film Anim’est xalqaro animatsion film festivali Toʻliq metrajli film Camera Japan festivali 2018 Crunchyroll anime mukofotlari Eng yaxshi film Eng yaxshi animatsiya Monstra Lissabon animatsion film festivali Toʻliq metrajli film

Manbalar

Havolalar

Turkum:2016-yil filmlari Turkum:Mangaga asoslangan anime filmlar