Edhem posho (; 1844–1909) – Usmoniylar imperiyasining turk millatiga mansub feldmarshali va Usmoniylar harbiy doktrinasini targʻib etishda yetakchi boʻlgan shaxs.
Hayoti va faoliyati
Edhem musulmon turk oilasida, oʻsha paytda Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan Trabzon shahrida tugʻilgan. U 1877-yilda Plevna qamali vaqtida Osman Nuri poshoning oʻrinbosari boʻlgan. 1897-yildagi yunon-turk urushida posho Fessaliya frontida yunon armiyasini magʻlub etgan Usmoniylar qoʻshinining bosh qoʻmondoni sifatida tanilgan. Edhem posho, ayniqsa, Domokos jangida katta muvaffaqiyatga erishgan. U Larisa va Trikala shaharlarini egallagan, biroq boshqa Yevropa davlatlari Usmoniylarning Moreani yana bosib olish xavfi sababli Yunoniston tomonini qoʻllab-quvvatlab aralashgan. Natijada, Usmoniylar armiyasining jang maydonidagi gʻalabasiga qaramay, urush strategik durang bilan yakunlangan. Edhem posho 1909-yilda Konstantinopolda (hozirgi Istanbul) vafot etgan(https://islamansiklopedisi.org.tr/gazi-edhem-pasa}})/
Manbalar
Turkum:1844-yilda tugʻilganlar Turkum:1909-yilda vafot etganlar Turkum:Trabzonliklar Turkum:Usmoniylar imperiyasi turklari Turkum:Rus–turk urushi (1877–1878) ishtirokchilari Turkum:Yunon–turk urushi (1897) ishtirokchilari Turkum:Usmoniylar imperiyasi feldmarshallari Turkum:Posholar