Qosimov Rustam Sobirovich (30.08.1955, Toshkent — 07.05.2021) – oʻzbekistonlik pedagog va davlat arbobi. Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri lavozimlarida ishlagan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi sobiq rektoriOʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori oʻzgardi. Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohibi.
Biografiyasi 2001-2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari.
2004-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan.
2004-yil 13-oktabrdan 2009-yilgacha shuningdek – Oʻzbekiston Bosh vazirining taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari.
2009—2011-yillar – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.
2011—2016-yillar – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi aʼzosi.
2016-yil 16-sentabrda yana Oʻzbekiston Bosh vazirining taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan.
2017-yil 21-iyundan 2018-yilgacha – Oʻzbekiston Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport boʻyicha davlat maslahatchisi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori.
2018—2021 – Oʻzbekiston Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
2019—2021 – Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori.
2021-yil 7-mayda vafot etganhttps://m.kun.uz/news/2021/05/07/prezident-maslahatchisi-rustam-qosimov-vafot-etdi.
Mukofotlari Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2025-yil 30-avgust)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari