Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev — oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. 1975-yilda tugʻilgan. 1997-yilda Mudofaa vazirligi Samarqand oliy harbiy avtomobil va muhandislar qoʻmondonlik bilim yurtini, 2009-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. 1993-yildan 2003-yilga qadar Mudofaa vazirligida turli ofitser lavozimlarida xizmat qilgan. 2003-yildan ichki ishlar organlarida turli xil ofitser lavozimlarida xizmat qilgan. 2015—2018-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — moliya va moddiy-texnik taʼminot boshqarmasi boshligʻi, 2018—2020-yillarda ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi, 2020—2021-yillarda Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 2021-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi boʻlgan.
2021-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan taqdirlangan. 2022-yilda general-mayor unvoni berilgan.
2025-yil 3-noyabr kuni ishdan olingan. 17-dekabr kuni davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va boshqa jinoyatlar boʻyicha gumonlanib, qamoqqa olingan. 2026-yilning 17-aprel kuni Bekmurod Abdullayev davlatga yetkazilgan 186 milliard soʻm (kurs boʻyicha 15 million 786 ming AQSh dollari) zararni naqd pul shaklida toʻliq toʻlab berganidan soʻng, unga nisbatan qoʻllangan qamoq ehtiyot chorasi garovga oʻzgartirilib, ozodlikka chiqarilgan. 29-iyul kunidan boshlab jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tumani sudida Abdullayev va yana 29 nafar shaxsga (jumladan, Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshligʻi Rustam Tursunovga) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boshlangan. Abdullayevga nisbatan qoʻyilgan ayblovlar asossiz deb topilganligi sababli, sud zalidan qoʻyib yuborilgan.
2026-yil 25-sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Namangan davlat universiteti bitiruvchilari