Rio Gavin Ferdinand (1978-yil 7-noyabrda tugʻilgan) angliyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynagan va oʻn yil davomida TNT Sports telekanalida sharhlovchi vazifasini bajargan. Rio 1997-yildan 2011-yilgacha Angliya milliy terma jamoasi safida 81 ta oʻyin oʻtkazgan hamda uchta FIFA Jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan. Ferdinand barcha davrlarning eng koʻp mukofotlangan ingliz futbolchilaridan biri hisoblanadi va koʻpchilik uni Angliyaning eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etadi.
Ferdinand futbolchilik faoliyatini turli yoshlar jamoalarida oʻynashdan boshlagan va 1992-yil „West Ham United“ klubi akademiyasidan oʻrin olgan. West Ham klubida yoshlar jamoasi safidan asosiy tarkibga oʻtgan va 1996-yilda Premyer-ligada professional debyut qilgan. U muxlislarning sevimlisiga aylandi va keyingi mavsumda „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Rio oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini 1997-yilda Kamerunga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha paytda Angliya terma jamoasida oʻynagan eng yosh himoyachi sifatida qayd etilgan. Uning yutuqlari va futbol salohiyati „Lids Yunayted“ klubini oʻziga jalb qilgan va oʻsha davr uchun rekord darajadagi 18 million funt sterling evaziga klubga oʻtgan. U klubda ikki mavsum oʻtkazdi, 2001-yilda jamoa sardori boʻlgan. 2002-yil iyul oyida taxminan 30 million funt sterling evaziga „Manchester Yunayted“ klubiga oʻtgan va yana transfer rekordini yangilagan.
„Manchester Yunayted“ klubidagi dastlabki mavsumidayoq Premyer-ligada gʻolib chiqqan. 2003-yil sentyabr oyida giyohvandlik testidan oʻta olmagan va 2004-yilning yanvaridan sentyabrigacha sakkiz oyga futboldan chetlashtirilgan, buning natijasida u Premyer-liganing yarim mavsumini, „Manchester Yunayted“ning Angliya kubogidagi gʻalabasini va Yevro-2004 xalqaro musobaqasini oʻtkazib yuborgan. Chetlatish muddatini o'taganidan so'ng, u „Manchester Yunayted“ning asosiy jamoasida oʻzini koʻrsatdi va besh yil ichida toʻrt marta PFA tomonidan yilning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan. Uning „Yunayted“dagi faoliyati, u oltita Premyer-liga chempionligi va 14 ta sovrinni qoʻlga kiritgan 2014-yilda shartnomasi tugaganida yakunlandi va keyinchalik u „Kuinz Park Reynjers“ga qoʻshildi va u Premyer-ligadan tushib ketishi natijasida klubdan qoʻyib yuborilgunga qadar atigi bir mavsum oʻynadi. U 2015-yilning 30-mayida professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
2017-yil sentyabr oyida Ferdinand xotinining oʻlimini yengishga yordam berish uchun professional bokschi boʻlish niyatini eʼlon qildi. Uning akasi Anton ham markaziy himoyachi boʻlib, „Vest Xem“ va „Sanderlend“ kabi klublarda oʻynagan. Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Les Ferdinand va „Dagenham & Redbridge F.C.“ klubining sobiq yarim himoyachisi Kane Ferdinand uning amakivachchalari hisoblanadi.
2025-yilda Ferdinand, uning rafiqasi Kate va oilasi farzandlari uchun yaxshiroq taʼlim standartlari va BAA turmush tarzi sifatini bahona qilib, Dubayga koʻchib oʻtdi.
Manbalar
Havolalar
Rio Ferdinand Foundation official site Rio Ferdinand profile at the Football Association website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:AFC Bournemouth futbolchilari Turkum:Leeds United F.C. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Queens Park Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Futbolda doping holatlari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Britaniya Imperiyasi ordeni ofitserlari