Dastan Talgat oʻgʻli Satpayev (; 2008-yil 12-avgustda tugʻilgan) – qozogʻistonlik futbolchi, Qozogʻiston Premyer-ligasidagi „Qayrat“ klubi va Qozogʻiston milliy terma jamoasi uchun hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi. Dastan 2026-yil 12-avgustda Angliya Premyer-ligasidagi „Chelsi“ klubiga oʻtishi kutilmoqda.
Klubdagi faoliyati Dastlabki faoliyati Olmaotada tugʻilgan Satpayev sakkiz yoshida „Qayrat“ akademiyasiga qoʻshilgan.
U birinchi marta yoshlar QJ ligasida 2023 va 2024-yilgi mavsumlarda 28 ta oʻyinda jami 27 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma amalga oshirgani mashhur boʻlgan, ikkinchi mavsumisida eng yaxshi oʻyinchi mukofotini olgan. Dastan Qozogʻiston Premyer-ligasining oʻrinbosarlar jamoasida debyut qildi va UEFA Yoshlar ligasida gol urdi.
Satpayev „Qayrat“ jamoasidagi ilk debyutini 2024-yil 26-mayda oʻtkazdi. U Qozogʻiston Liga kubogi doirasida „Akjayik“ka qarshi oʻyinning 80-daqiqasida Elder Santana oʻrniga maydonga tushib, 9-0 hisobidagi gʻalabaga hissa qoʻshgan.
2025-yil fevralda „Qayrat“ Satpayevning Angliya Premyer-ligasi ishtirokchisi „Chelsea“ klubiga oʻtishga rozilik berganini maʼlum qildi. U 2026-yil avgustda 18 yoshga toʻlganidan soʻng, taxminan 4 million yevro evaziga ushbu klubga qoʻshilishi kutilmoqda.
2025: Birinchi jamoa muvaffaqiyati 2025-yil 2-martda u Qozogʻiston chempionatidagi debyutida „Astana“ga qarshi safardagi oʻyinda gol urgan. Keyinchalik u oliy ligada asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida oʻzini koʻrsatgan va mamlakatining eng istiqbolli futbolchilaridan biriga aylangan. Qozoq gazetalarida uni fransuz futboli yulduzi Kylian Mbappé bilan taqqoslamoqda.
2025-yil 8-iyulda u 2025-26-yilgi UEFA Chempionlar Ligasining birinchi saralash bosqichida Sloveniyaning „NK Olimpia“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda ishtirok etib, jamoasining yagona golini urgan. 16 yosh 10 oy 27 kunligida u UEFA klub musobaqasida oʻynagan va gol urgan eng yosh qozogʻistonlik futbolchiga aylandi.
2025-yil 18-sentyabrda Satpayev UEFA Chempionlar ligasining 2025-26-yilgi mavsumida „Sporting CP“ga qarshi 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda ishtirok etdi. 17 yosh 1 oy 6 kunligida u UEFA klub musobaqalari asosiy bosqichida oʻynagan eng yosh qozogʻistonlik futbolchi boʻldi.
Xalqaro faoliyati Satpayev Qozogʻiston yoshlar terma jamoasining aʼzosi boʻlib, 2023-yil oktyabr oyidan beri 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida oʻynab kelmoqda. U oʻn oʻyinda toʻrtta gol urgan va keyinchalik jamoaning sardori boʻlgan.
Satpayev Qozogʻiston milliy terma jamoasiga ilk bor 2025-yilning mart oyida chaqirildi. U 2025-yil 19-martda Kyurasaoga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvda (2:0) debyut qilgan. Shu tariqa, u 16 yosh 7 oy 10 kunligida Qozogʻiston milliy terma jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchi boʻlgan.
Keyinchalik Satpayev Jahon chempionati saralashida ishtirok etishni davom ettirdi. U 2025-yil 22-mart kuni Uelsga qarshi safardagi oʻyinda 74-daqiqada Maksim Samorodovning oʻrniga maydonga tushdi. Shunday qilib, u 16 yosh 7 oy 13 kunligida FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinida qatnashgan eng yosh qozogʻistonlik futbolchiga aylandi.
Oʻyin uslubi Markaziy hujumchi sifatida, shuningdek ikki qanotda ham oʻynay oladi. Ikki oyogʻi bilan kuchli texnik mahoratga ega Satpayev tez orada oʻzining tezligi, epchilligi, tirishqoqligi, dribling va gol urish qobiliyatlari bilan maqtovga sazovor boʻldi. Bu uning tezkor toʻpurar Kilian Mbappe bilan taqqoslanishiga olib keldi, jismoniy xususiyatlari esa Argentina yulduzi Sergio Agueronikiga oʻxshatiladi.
Faoliyat statistikasi Klub
+ Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha oʻyinlar soni hamda gollar miqdoriKlubMavsumLeagueMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarQayrat2024Qozogʻiston Premyer-ligasi000010––10202526142100113104018Jami26142110113104118Qayrat-yoshlar (ijara)2024Qozogʻiston birinchi ligasi5100–––51Umumiy faoliyat31152110113104619
Xalqaro
+ Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarQozogʻiston202560Jami60
Yutuqlar Qayrat
Qozogʻiston Oliy ligasi: 2025 Qozogʻiston Superkubogi: 2025
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Olmaotalik futbolchilar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari