Pailadzou A. Captanian yoki Gaptanian (; 21-yanvar 1883 – 26-may 1962) – arman-amerikalik Arman genotsidida omon qolgan, xotira navis va shoir. U shuningdek, arman palov retsepti asosida yaratilgan Rice-A-Roni mahsulotining yaratilishiga ilhom bergani bilan ham tanilgan.

Hayoti

Captanian Turkiyaning Merzifon shahrida tugʻilgan va Samsunda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1915-yilda Arman genotsidi paytida u homilador holatda Turkiyadan Suriya choʻli orqali Halabga majburan yurishga majbur boʻlgan. Uning eri genotsidda oʻldirilgan. U yangi tugʻilgan bolasiga Tzavag (Arman tilida „alam“ yoki „ogʻriq“ degan maʼnoni anglatadi) ismini qoʻydi. Captanian Samsundan Halabgacha boʻlgan yurishdan omon qolgan kam sonli kishilardan biri edi.

Genotsiddan soʻng Captanian oʻz xotiralarini yozgan, ular 1919-yilda fransuz tiliga tarjima qilingan holda Mémoires d’une Déportée Arménienne (Arman Surgunining Xotiralari) nomi bilan nashr etilgan. Ular voqealardan koʻp oʻtmay yozilganligi sababli Arman genotsidi tadqiqoti uchun muhim hissa qoʻshgan. Kitob Rafael Lemkinning tadqiqotiga va uning Genotsidni tushunishiga yordam berganWhat you see before your eyes: documenting Raphael Lemkinʼs life by exploring his archival Papers, 1900–1959  – Journal of Genocide Research, 2005.

Shuningdek, 1919-yilda Captanian surgundan oldin yunon oilasiga topshirgan boshqa ikkita oʻgʻli bilan uchrashadi. 1920-yilda Captanian va uning oʻgʻillari Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtishgan, u yerda Captanian tikuvchi boʻlib ishlaydi va prezident Franklin D. Rooseveltning Hyde Park, New Yorkdagi uyi uchun parda tikadi. 1922-yilda u oʻz xotiralarining armancha asl nusxasini Tzavag nomi bilan nashr etgan, bu nom choʻldagi yurishi davomida koʻtargan oʻgʻli sharafiga qoʻyilgan U 1927-yilda AQSh fuqaroligini oldi.New York, U. S., Naturalization Records, 1882-1944.

Ikkinchi jahon urushidan soʻng, Captanian va uning oilasi San-Fransiskoga koʻchib oʻtishadi. San-Fransiskoda boʻlganida, u Lois va Tom DeDomenicoga xona ijaraga beradi. Captanian Loisga arman palovi qanday tayyorlanishini oʻrgatadi. 1955-yilda Tom va uning akasi Vincent, ularning otasi tomonidan asos solingan Golden Grain Macaroni pasta kompaniyasida Rice-A-Roni deb atagan guruch va makaron aralashmasining dastlabki retseptini ishlab chiqdilar.

U 80 yoshida Monmut, Nyu-Jersida vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Captanian, Pailadzou A. Ցաւակ. (Yerevan: Tparan, 1922)