Bangladesh Futbol Federatsiyasi () – Bangladeshda futbolini nazorat qiluvchi boshqaruv organi hisoblanadi. Federatsiya mamlakatning erkaklar va ayollar terma jamoalari, shuningdek, Bangladesh Premyer-ligasi va boshqa turli jamoalar musobaqalarini tashkil etadi va nazorat qiladi. BFF Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasining asoschi aʼzolaridan biri hisoblanadi. Federatsiyaning shtab-kvartirasi mamlakat poytaxti Dakka shahrida joylashgan.
Tarixi Bangladesh futbol federatsiyasi 1972-yil 15-iyulda mamlakatning sobiq taʼlim, madaniyat va sport vaziri Md. Yusuf Ali tomonidan tashkil etilgan. Ali rahbarligidagi bosh kotib Vari klubidan Abul Hoshim edi.
Tashkilot 1973-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) va 1976-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan. Shuningdek, Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasining asoschi aʼzosi hisoblanadi. Bangladesh ikki toʻrt yillik muddatga: 1982—1986 va 1998—2002-yillarda OFK Ijroiya qoʻmitasi tarkibiga saylangan. Hafizuddin Ahmed 1990-yildan 1994-yilgacha OFK vitse-prezidenti etib saylangan.
Bangladesh 1970-yillarning boshida mustaqillikka erishgach, BFF 1948-yilda tashkil etilgan Dakka ligasi, shu jumladan uning Birinchi divizionini boshqarish mas’uliyatini oʻz zimmasiga oldi. Liga 1973-yilgi mavsumda oʻz faoliyatini qayta boshladi. 1993-yilda u Premyer-divizion bilan almashtirildi, ammo keyinchalik professional futbol ligalari – 2007-yilda B.Liga nomi bilan tashkil etilgan Bangladesh Premyer-ligasi hamda 2012-yilda tuzilgan Bangladesh Chempionlar ligasi tomonidan oʻrnini egalladi. Hozirgi kunda esa u mamlakat futbol ligalari tizimining uchinchi pogʻonasida mintaqaviy liga sifatida faoliyat yuritmoqda.
1980-yilda tashkilot Federatsiya kubogini tashkil etdi, bu mamlakatning eng yaxshi milliy kubogi musobaqasiga aylandi.
2005-yil 10-aprelda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Muhammad bin Hammam Bangladeshning Futbol Federatsiyasi (BFF) Bhaban nomli, FIFA tomonidan moliyalashtirilgan yangi idorasini rasman ochib berdi.
2009-yilda u 2009, 2011 va 2013-yillarda oʻtkazilgan Superkubok turnirini oʻtkazildi. 2013-yilda musobaqada gʻolib chiqqanlik uchun mukofot puli Tk10 million edi. Birinchi musobaqada Mohammedan SC azaliy raqiblari Abahani Limited Dakkani magʻlub etdi.
Ijroiya qoʻmita
Direktorlar kengashi
IsmLavozimManba Tabith Mohammed AwalPrezident Imrul HasanKatta vitse-prezident Nasser Shahrear Zahedee2-vitse-prezident Wahid Uddin Chowdhury Happy3-vitse-prezident Sabbir Ahmed Arif4-vitse-prezident Fahad Mohammed Ahmed Karim5-vitse-prezident Imran Hossain TusharBosh kotib Saiful Bari TituTexnik direktor Javier CabreraJamoa murabbiyi (erkaklar) Peter ButlerJamoa murabbiyi (ayollar)
Prezidentlar PrezidentYildanYilgachaManbaMuhammad Yusuf Ali19721973Gazi Golam Mostafa19731976Mir Shawkat Ali19761978Siddique Ahmed19781980Abdur Raquib Khandaker19801986Harun Ahmed Chowdhury19861986Hafizuddin Ahmed19861989Mahmudul Hasan19891992Oli Ahmad19921994Mohammad Hanif19962001AM Azizul Haque20012001SA Sultan20012008Kazi Salahuddin20082024Tabith Awal2024Hozirgacha
Texnik direktor PrezidentYildanYilgachaManbaShahidur Rahman Shantoo20082010Bayazid Alam Zubair Nipu20102015Paul Smalley20162019Stuart Watkiss20202020Paul Smalley20202023Saiful Bari Titu2024Hozirgacha
Musobaqalar
Erkaklar oʻrtasidagi klub musobaqalari
Hozirda BFF tomonidan boshqariladigan musobaqalar: Musobaqa Dastlabki mavsum Amaldagi chempion Izohlar Bangladesh Premyer-ligasi 2007 Bashundhara KingsMamlakatning yuqori darajadagi futbol ligasi. Federatsiya kubogi 1980 Mohammedan SC Mamlakat oliy ligalari kubogi musobaqasi. Mustaqillik kubogi1972 Bashundhara Kings Mamlakat kubogi musobaqasi.Chellenj kubogi2024Bashundhara KingsMamlakat superkubogi musobaqasi. Bangladesh chempionati ligasi 2012 Brothers Union Mamlakatning 2-darajali futbol ligasi. Katta divizion ligasi 1948 Somaj Kallyan KS Mugda Mamlakatning 3-darajali futbol ligasi. Ikkinchi divizion ligasi1948Saif SC Youth TeamMamlakatning 4-darajali futbol ligasi. Uchinchi divizion ligasi1948Chawkbazar KingsMamlakatning 5-darajali futbol ligasi. Pionerlar futbol ligasi1981 Barishal Football Academy Mamlakatning 6-darajali futbol ligasi. BFF U-18 futbol turniri2014NoFeL Sporting Club U-18Mamlakat U-18 klublar oʻrtasidagi futbol turniri. BFF U-18 futbol ligasi2021–22Sheikh Jamal DC U-18Mamlakatning yuqori darajadagi U-18 futbol ligasi. BFF U-16 futbol turniri2021–22Kawran Bazar PS U-16 Futbol boʻyicha U-16 mamlakat turniri.
Boshqa musobaqalar
Hozirda BFF tomonidan oʻtkazilayotgan musobaqalar: Musobaqa Dastlabki mavsum Amaldagi chempion Izohlar Bangabandhu kubogi1996–97 Palestine Futbol boʻyicha xalqaro turnir. Bangamata U-19 ayollar xalqaro oltin kubogi2019 Bangladesh & Laos Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida U-19 xalqaro turniri. Shayx Kamol xalqaro klublar kubogi2015Terengganu F.C.Futbol boʻyicha xalqaro klublar turniri. Sheikh Russel U-18 Gold Cup2021–22Wari ThanaMamlakatning Metropolis Thanas futbol musobaqasi Futbol boʻyicha milliy chempionat1973Bangladesh ArmyTuman va muassasa kubogi turniri. Bangladesh ayollar futbol ligasi2011Bashundhara KingsMamlakat ayollar professional klublar futbol ligasi.
Tugatilgan
Hozirda BFF tomonidan oʻtkazilayotgan musobaqalar: Musobaqa Dastlabki mavsum Soʻnggi mavsum Soʻnggi chempion Izohlar Ogʻa Xon kubogi 1958 1981–82 Bangkok Bank F.C. va Brothers Union[1-1 durang natijasidan soʻng ochkolar taqsimlandi] Qitʼa klublari oʻrtasidagi musobaqalar oxirgi marta 1982-yilda oʻtkazilgan. Prezident oltin kubogi 1981 1993Petrolul PloieștiFutbol boʻyicha xalqaro turnir. Birinchi divizion ligasi19932004–05Rahmatganj MFS2-darajali yarim professional futbol ligasi oxirgi marta 2005-yilda oʻtkazilgan. Milliy futbol ligasi20002006Mohammedan SCMamlakatning birinchi yarim professional milliy ligasi oxirgi marta 2006-yilda oʻtkazilgan.Superkubok 2009 2013 Mohammedan SCMamlakatdagi eng yuqori byudjetli kubok futbol musobaqasi.
Stadionlar
Milliy stadion, Dakka BSSS Mustafo Kamol stadioni, Dakka MA Aziz stadioni, Chittagong Sylhet tumani stadioni, Sylhet Shamsul Huda stadioni' Jessor Rajshahi tumani stadioni, Rajshahi Shaheed Kamruzzaman stadioni, Rajshahi Shayx Fazlul Haque Mani stadioni, Gopalgonj Shaheed Salam stadioni, Feni Mymensingh stadioni, Mymensingh Shaheed Dhirendranath stadioni, Comilla Shaheed Bulu stadioni, Noakhali Shayx Kamol stadioni, Nilphamari Bangladesh armiya stadioni, Dakka Munshigonj stadioni, Munshiganj Shahid Ahsan Ulloh usta stadioni, Gazipur Bashundhara Kings Arena, Dakka
Rasmiy hamkorlar Bangladeshdagi Tata avtomobillarining yagona distribyutori Nitol-Tata 2000-yildan 2005-yilgacha rasmiy homiy boʻlgan.
2008-yil aprel oyida BFF uch yil muddatga Citycell (Pacific Bangladesh Telecom Limited) homiyligida 165 million BDT (taxminan 2 285 714 AQSH dollari) oldi. Bu Bangladeshdagi futbol homiyligi tarixidagi rekord miqdor edi.
Keyinchalik 2010-yilda u mamlakatning yetakchi uyali aloqa operatori Grameenphone bilan BFF turnirlariga homiylik qilish uchun shartnoma tuzdi.
BFF Nitol-Tata 2013-14-yilgi mavsum uchun yana rasmiy homiy boʻlganida bir yil davomida 70 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritdi.
2022-yil 13-martda Pusti ikki yillik kelishuvdan soʻng Bangladesh futbol federatsiyasining ichimliklar boʻyicha hamkoriga aylandi.
Yana qarang Bangladesh milliy futbol terma jamoasi Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Bangladesh milliy futzal terma jamoasi Bangladesh ayollar milliy futzal terma jamoasi Bangladesh futbol chempionlari roʻyxati Bangladeshda futbol Bangladeshda ayollar futboli
Izohlar
Manbalar
Havolalar Bangladesh futbol federatsiyasi (rasmiy sayt) Bangladesh futbol federatsiyasi YouTubeda Bangladesh FIFA.com saytida (arxivlangan) Bangladesh AFC saytida (arxivlangan)
Turkum:Bangladesh futbol federatsiyasi Turkum:Osiyodagi futbol boshqaruv tashkilotlari Turkum:Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasining milliy aʼzolari