Kayhan (, maʼnosi: Kosmos) – Eron poytaxti Tehronda chop etiladigan fors tilidagi gazeta. „Eng konservativ va qattiqqoʻl Eron gazetasi“ hisoblanadi. Husayn Shariatmadoriy Kayhan gazetasining bosh muharriri. The New York Times gazetasining 2007-yildagi xabariga koʻra, uning rasmiy lavozimi Eron Oliy Rahbarining vakili hisoblanadi.
Kayhan gazetasining butun dunyo boʻylab 1000 ga yaqin xodimi bor.. Uning tiraji haqida qarama-qarshi maʼlumotlar mavjud: 2006 yilda BBC uni 60 000–100 000 nusxa deb koʻrsatgan, 2007-yilda The New York Times „taxminan 70 000“ degan, 2008-yilda esa Nyu-York universiteti huquq maktabi jurnalida 350 000 nusxa deb berilgan. Kayhan chet ellarga moʻljallangan maxsus nashrlarni ham chiqaradi, ularga ingliz tilidagi Kayhan International ham kiradi.
Tarixi va profili Kayhan 1943-yil fevral oyida egasi Abdulrahmon Faramarziy va bosh muharrir sifatida Mustafo Mesbahzoda tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik Faramarziy va Mesbahzodaning rollari almashgan. Gazeta Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy hukmronligi davrida shohni qoʻllab-quvvatlovchi nashr boʻlgan. Eron va Londonda chop etilgan bu gazetaning 1979-yilgi Islom inqilobidan avval bir milliondan ortiq tiraji bor edi. 1974-yilda Kayhan media guruhi oʻzini „Yaqin Sharqdagi eng yirik gazeta va jurnal nashriyoti“ sifatida deb tanitgan. Kayhanning asosiy egasining rafiqasi Forugh Mesbahzoda Eronning yetakchi ayollar jurnali Zani Roʻzning menejeri sifatida paydo boʻldi.
Imperiya kuchlari va inqilobchilar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar vaqtida Kayhan va Ettelaat gazetalariga senzura qoʻllanilgan. Shoh agʻdarilgandan soʻng Mesbahzodaning barcha aktivlari, jumladan nashriyot – gazetaning asosiy shtab-kvartirasi – musodara qilindi. Inqilobdan keyin Kayhan Ettelaat va Jumhuri-ye Islomiy bilan birga davlat homiyligidagi nashrga aylandi, ularning nashriyotchilari toʻgʻridan-toʻgʻri Oliy rahbar tomonidan tayinlanadi.
1980-yil may oyida Oyatulloh Xumayniy Eron Tashqi ishlar vaziri Ibrohim Yazdiyni gazetaning rahbari etib tayinlagan. Mesbahzoda rahbarligida Kayhanning London boʻlimi faoliyatini davom ettirdi va Kayhan London nomli monarxist haftalik nashrni chop eta boshladi, uning tiraji kichikdir. 2006-yilda Mesbahzoda 98 yoshida Los-Anjelesda vafot etdi.
Gazeta siyosiy, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy yangiliklarga ixtisoslashgan (subscription required).
Inqilobdan oldingi oxirgi muharriri Kayhan gazetasining inqilobdan oldingi oxirgi muharriri Amir Tohiriy edi. 1979-yilgi inqilob yaqinlashganda Rahmon Hatfiy boshchiligida yangi tahririyat kengashi shakllantirildi. 1961—1966-yillarda Hoʻshang Amiariy karikatura boʻlimi direktori boʻlib, kulgili rasmlar mavzularini nazorat qilgan. Husayn Rizoy esa 1965-yildan 1979-yilgacha gazetaning yangiliklar boʻlimi direktori boʻlgan.
Siyosiy yoʻnalishi Kayhan Eron hukumati va sobiq prezident Mahmud Ahmadinajod siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi. Shariatmadoriy gazeta va uning xodimlari „Islom inqilobi mafkurasini himoya qilishini“ taʼkidlaydi. Financial Timesning Eron boʻyicha sobiq muxbiri Garet Smitning aytishicha, Kayhan „rejimning fundamentalist qanoti“ siyosiy qarashlarini ifodalaydi.
Shariatmadoriy „konservativ“ yoki „fundamentalist“ yorliqlarini rad etadi, chunki bular „…bizni Tolibon kabi koʻrsatadi“, deydi u. Buning oʻrniga u oʻzini va oʻxshash qarashdagilarni „prinsipchilar“ deb ataydi. Prinsipchi guruh Eron parlamentining koʻp qismini tashkil qiladi. Ushbu guruh „neo-prinsipchilar“ deb ham ataladi va uning ichiga Gʻulomali Haddod Odil, Said Jalili kabi shaxslar kiradi. Aslida, Kayhan ushbu guruhning bosma axborot vositasi hisoblanadi.
Mojarolar 2010-yilda gazeta Fransiyaning sobiq birinchi xonimi Carla Brunining zinoda ayblanib oʻlimga hukm qilingan Sakina Muhammadiy Oshtiyonini himoya qilgan ochiq maktubi tufayli keskin qoralangan. Gazeta Brunini „italiyalik fohisha“ va „Sarkozi oilasini buzgan qoʻshiqchi va buzuq aktrisa“ deb atab, uning „buzuq turmushi“ uchun „oʻlimga loyiq“ ekanini yozgan. Shuningdek, aktrisa Isabelle Adjani ham fohishalikda ayblangan. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi bu bayonotlarni „qabul qilib boʻlmaydigan“ deb qoraladi va Eron elchisini chaqirtirdi. Eron Rashqi ishlar vazirligi Kayhanning bayonotlaridan oʻzini uzoqlashtirib, matbuot kotibi Ramin Mehmonparast: „OAV boshqa mamlakatlarning notoʻgʻri va dushmanona siyosatini haqoratli soʻzlarsiz tanqid qilishi mumkin. Bunday iboralar toʻgʻri emas“, deb bayonot berdi.
2020-yilda Chegarasiz shifokorlar (MSF) tashkiloti Erondan chiqarilgandan soʻng, Kayhan bosh muharriri Husayn Shariatmadoriy MSFni „Amerikak qoʻgʻirchogʻi“ deb atadi, chunki u „Fransiyada joylashgan va barcha anti-eron guruhlari Fransiyada asosga ega“. 2022-yil 28-aprel kuni – Yom HaShoah kuni – Kayhan birinchi sahifada Adolf Hitlerni maqtagan va antisemitik qarashlarni ilgari surgan maqola chop etdi.
2022-yil 12-avgust kuni hind-amerikalik muallif Salmon Rushdiyga hujum qilingach, Kayhan „ming marta ofarin… Nyu-Yorkda murtad va yovuz Salmon Rushdiyga hujum qilgan jasur va vijdonli odamga… Xudoning dushmanining boʻynini tilgan odamning qoʻli oʻpilmogʻi kerak“ deb yozdi.
Manbalar
Havolalar Rasmiy veb-sayti
Turkum:Eron gazetalari Turkum:Fors tilidagi gazetalar