Lilit Teryan yoki Liliet Teryan (1930-yil 31-dekabr – 2019-yil 7-mart) – arman millatiga mansub eronlik haykaltarosh. Tehronda haykaltaroshlik taʼqiqlangach, Lilit bu sanʼatdan dars berishni toʻxtatishga majbur boʻlgan. 2008-yilda oʻz asarlarini koʻrgazmalarda namoyish etishni boshlagan va keyinchalik yana taʼlim berishga qaytgan. Uni „Eron haykaltaroshligining onasi“ deb ulugʻlashgan.

Biografiyasi Teryan 1930-yilda Tehron shaharning Naderi hududida tugʻilgan. Uning ota-onasi asli Armanistonlik boʻlgan. Onasi Fransiyada tasviriy sanʼat boʻyicha taʼlim olgan, otasi esa Tehron bankida ishlagan. Onasi qizlarining badiiy mahoratini rivojlantirishga yordam bergan.

Lilit Parijdagi Beaux Art akademiyasida rasmiy tasviriy sanʼat taʼlimini olgan.

U haykaltaroshlik oʻqitish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va Eronda birinchilardan boʻlib bu fanni oʻqitgan. U Tehron universiteti Dekorativ sanʼat fakultetida dars bergan. Inqilobdan soʻng haykaltaroshlikni oʻqitish taqiqlangach, darslarni yashirin tarzda davom ettirgan.

Uning asarlari Tehronda ilk bor 2008-yilda Tehron Silver Publishing koʻrgazmasida namoyish etilgan. Bir muddat oʻtgach, u Ozod universitetida yana haykaltaroshlik darslarini bera boshlagan. Uni „Eron haykaltaroshligining onasi“ deb atashgan.

U arman alifbosining asoschisi Mesrop Mashtots va Eron milliy qahramoni Yeprem Xonning haykalini yaratgan. Bu haykal Tehrondagi Avliyo Maryam cherkovida joylashgan.

Teryan 2019-yilda oʻz tugʻilgan shahrida zinapoyalardan yiqilib vafot etgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Tehronlik ijodkorlar Turkum:Eronlik haykaltaroshlar Turkum:Eronlik ayol haykaltaroshlar Turkum:Armanistonlik ayol haykaltaroshlar