Shaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogi – 206 nafar shaxmatchi oʻrtasida Hindistonning Goa shahrida 2025-yil 31-oktyabrdan 27-noyabrgacha boʻlib oʻtgan shaxmat turniri. Gʻolib, finalchi (2-oʻrin) va 3-oʻrin sohibi 2026-yilgi Nomzodlar turnirida oʻynash huquqini qoʻlga kiritadi. Turnir gʻolibi boʻlgan Javohir Sindarov 19 yoshida, musobaqa tarixidagi eng yosh chempion boʻldi.
Musobaqa formati Turnir sakkiz raundli nokaut (yutqazgan musobaqani tark etadi) tizimida oʻtkaziladigan musobaqa boʻlib, reyting boʻyicha eng yuqori 50 nafar saralangan shaxmatchi ikkinchi bosqichdan ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi (yaʼni, birinchi bosqichda ular oʻynamaydi – „bye“ oladi). Ikki yarim finalda magʻlub boʻlgan shaxmatchilar oʻzaro uchinchi oʻrin uchun qoʻshimcha match oʻtkazadi. Yakunda 1-, 2- va 3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar 2026-yilgi Nomzodlar turniriga yoʻllanma oladi.
Har bir bosqichning dastlabki ikki kunida klassik vaqt nazoratidagi oʻyinlar oʻtkaziladi, zarurat tugʻilgan taqdirda esa uchinchi kuni tay-breyk (qoʻshimcha partiyalar) oʻynaladi. Qoʻllaniladigan vaqt nazorati quyidagi tartibda belgilanadi: Ikki klassik partiya har bir tomon uchun: dastlabki 40 yurishga 90 daqiqa, partiyaning qolgan qismiga 30 daqiqa qoʻshimcha, 1-yurishdan boshlab har bir yurish uchun 30 soniya qoʻshib boriladi. Agar ikki klassik partiyadan soʻng hisob 1–1 boʻlsa, match 15 daqiqa + 10 soniya qoʻshimcha vaqt nazoratidagi ikki rapid partiya orqali davom ettiriladi. Agar rapid partiyalardan keyin ham umumiy hisob 2–2 boʻlib qolsa, 10 daqiqa + 10 soniya qoʻshimcha vaqt nazoratidagi yana ikki rapid partiya oʻynaladi. Agar hisob 3–3 boʻlsa, 5 daqiqa + 3 soniya qoʻshimcha vaqt nazoratidagi ikki blits partiya oʻtkaziladi. Agar hisob 4–4 boʻlsa, 3 daqiqa + 2 soniya qoʻshimcha vaqt nazoratidagi yana ikki blits partiya oʻynaladi. Agar hisob 5–5 boʻlib qolsa, gʻolib Armageddon formatidagi yakuniy partiyada aniqlanadi: Oq donalarda oʻynaydigan tomon uchun: 4 daqiqa + 2 soniya qoʻshimcha vaqt. Qora donalarda oʻynash vaqtini shaxmatchilar auksion (bid) shaklida taklif etadi: kim eng past boshlangʻich vaqtni bildirsa, Qora donalarda oʻynash huquqini qoʻlga kiritadi (va unga ham +2 soniya qoʻshimcha vaqt beriladi). Agar ikkala ishtirokchi bir xil vaqt taklif etsa, ranglar qur’a tashlash yoʻli bilan aniqlanadi. Agar Armageddon partiyasi durang bilan yakunlansa, matchda gʻalaba Qora donalarda oʻynagan shaxmatchiga beriladi.
Mukofot Umumiy mukofot jamgʻarmasi 2 000 000 AQSH dollarini, birinchi oʻrin mukofoti esa 120 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
+Mukofot fondi Aqsh dollaridaOʻrinMukofotJami1-raundda mag‘lub bo‘lsa78 × 3,500273,0002-raundda mag‘lub bo‘lsa64 × 7,000448,0003-raundda mag‘lub bo‘lsa32 × 11,000352,0004-raundda mag‘lub bo‘lsa16 × 17,000272,0005-raundda mag‘lub bo‘lsa8 × 25,000200,0006-raundda mag‘lub bo‘lsa4 × 35,000140,000Toʻrtinchi oʻrin1 × 50,00050,000Uchinchi oʻrin1 × 60,00060,000Ikkinchi oʻrin1 × 85,00085,000Gʻolib1 × 120,000120,000Jami2,000,000
1–4 bosqich Juftliklar 4-oktyabr kuni FIDE rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan. Boʻlim 1
Boʻlim 2
Boʻlim 3
Boʻlim 4
Boʻlim 5
Boʻlim 6
Boʻlim 7
Boʻlim 8
Boʻlim 9
Boʻlim 10
Boʻlim 11
Boʻlim 12
Boʻlim 13
Boʻlim 14
Boʻlim 15
Boʻlim 16
5–8 bosqich
Uchinchi oʻrin RaqamIsm2025-yil noyabr reyting12Jami 28 Nodirbek Yoqubboyev 268900 0 27 Andrey Yesipenko 268111 2
Final RaqamIsm2025-yil noyabr reyting12R1R2 Jami 16 Javohir Sindarov 2721½½½12½ 7 Wei Yi 2753½½½01½
Manbalar
Havolalar Official website
Turkum:Shaxmat boʻyicha Jahon Kubogi