Alireza Haghighi (; 6-may 1988-yil) — Sanat Naft futbol klubi darvozaboni.
Klublardagi faoliyati
Persepolis (Ijara asosida) 16 yoshida Persepolisningning asosiy jamosiga qoʻshilgan. 2006-yilning 17-oktyabrida „Saipa“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Haghighi afsonaviy Ali Daei tomonidan tepilgan penaltini qaytargan Haddadpour, Mehdi; Zarei, Asghar. Persepolis F.C. Official pictorial lexicon and Yearbook of 2007–2008. Honarkade Khojaste. U 2007—2008-yilgi mavsumni Persepolis tarkibida 3-darvozabon sifatida boshlagan. Ayni mavsumda Haghighi umuman maydonga tushmaganligiga qaramsdan mavsum oxirida jamoa bilan shartnomasini uzaytirgan.
2008—2009-yilgi mavsumda Persepolisdagi boshqa darvozabonlarning jarohati sababli Haghighi klubda asosiy darvozabonga aylangan. Alireza Haghighi eronlik afsonaviy darvozabon – Ahmad Reza Abedzadeh qoʻl ostida mashgʻulot olib borgan.
2007—2008-yilgi mavsumda u ilk marotaba Persepolis jamoasining sardori sifatida maydonga tushgan va bu oʻyinda Persepolis „Saipa“ klubini 2:1 hisobida magʻlub etgan. Mazkur oʻyindan soʻng Alireza Haghighi Persepolis klubi tarixidagi eng yosh jamoa sardoriga aylangan.
Rubin Kazan 2011-yil dekabr oyida Rossiya Premyer Ligasining Rubin klubi Persepolisga Alireza Haghighi transferi boʻyicha taklif yuborgan. 2012-yil 9-yanvar kuni Alireza rasman Persepolisni tark etgan. 2012-yil 14-yanvar kuni Haghighi Rubin bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Shartnoma imzolanganidan 3 kun oʻtib, oʻrtoqlik oʻyinida Rubin tarkibidagi debyutini amalga oshirgan.
Persepolis 2013-yil 18-iyul kuni Alireza Haghighi Persepolisga ijara asosida qaytib, klub bilan olti oylik shartnoma imzolagan 2013-yil 23-oktabr kuni Haghighi Hazfi kubok Padideh Shandiz ustidan 5-1 gʻalaba qozondi. Keyin u Alvand Hamedan bilan Hazfi kubokida yana bir uchrashuv oʻynadi, uni toza saqladi.
Ijara shartnomasi 2013-yil 3-dekabrda yakunlangan.
Sporting Covilhã (Ijara asosida) Haghighi 2014-yil qishki transferlar oynasida Rubin Kazan jamoasiga qaytgan. 2014-yil yanvar oyida Portugaliya Segunda Ligasida ishtirok etayotgan Sporting Covilhã klubi bilan ijara asosida shartnoma imzolagan. 14 oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, ijara shartnoma muddati yakunlangan va darvozabon yana rubinga qaytgan.
Penafiel (Ijara asosida) 2014-yil 24-avgust kuni Haghighi Primeira Liga jamoasi Penafiel bilan ijara asosida bir yillik shartnoma imzolagan. Penafiel klubi 20-sentyabr kuni Vitóriaga qarshi oʻyin oʻtkazgan va jamoaning 2-0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan oʻyinda Haghighi jamoa safidagi debyut qilgan. 2015-yil 24-fevral kuni Haghighi Vitórial klubiga qarshi oʻyinda toʻp oʻtkazib yubormagani uchun 22-turda „hafta futbolchisi“ deb topilgan. Penafieldagi ajoyib oʻyinlari natijasida Sporting Braga Alireza Haghighiga qiziqa boshlagan. Manbalar
Turkum:Shvetsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Eronlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Gol Gohar Sirjan F.C. futbolchilari Turkum:F.C. Nassaji Mazandaran futbolchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:F.C. Penafiel futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar