Abul-Faraj at-Tarsusiy — Misrdagi Ixshidiylarga xizmat qilgan tarsuslik qoʻmondon.
Uning nisbasidan koʻrinib turibdiki, Abul-Faraj aslida musulmonlar yurtlarining Vizantiya imperiyasi bilan chegarasidagi shahar Tarsusdan boʻlgan. Maqriziyga koʻra, u mashhur harbiylar oilasida tugʻilgan. Otasi urush va ritsarlik (furusiyya) sanʼatiga oʻrgatgan. Vizantiyaliklar bilan chegaradagi urushlarda qatnashgan, hatto bir muddat ular tomonidan harbiy asir sifatida saqlangan. 960/1-yillarda u Tarsusni tark etib, Misrga borgan va u yerda mahalliy Ixshidiy hukmdori Abulmisk Kafur uni dengiz floti qoʻmondoni etib tayinladi. Shu lavozimda Abul-Faraj oʻn bitta katta va beshta kichik harbiy kemadan iborat flot bilan Vizantiya imperiyasiga qarshi yurish boshqardi. Bu yurish uncha katta natija bermadi, faqat flotning eson-omon bazasiga qaytishi bilan kifoyalandi. Abul-Faraj bu voqeadan koʻp oʻtmay vafot etdi va uning oʻrniga Abdulloh al-Xazin oʻrinbosari tayinlandi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:960-yillarda vafot etganlar Turkum:X asr arablari Turkum:Arab—Vizantiya urushlarida qatnashgan arablar