Umar Ali Sayfiddin masjidi (), norasmiy tarzda Sulton Umar Ali Sayfiddin masjidi deb ham ataladi, Bruney poytaxti Bandar-Seri-Begavan shahrida joylashgan masjid. Mamlakatdagi ikki davlat masjidlaridan () biri, ikkinchi davlat masjidi Jomeʼ Asr Hassanal Bolkiah masjidi hisoblanadi. Uzoq Sharqdagi eng yirik va eng diqqatga sazovor masjidlardan biri boʻlib, 1958-yilda qurib bitkazilgan. Qurilish qiymati 5 million AQSh dollarini tashkil etgan. Bruneyning 28-sultoni Umar Ali Sayfiddin III tomonidan barpo etilgan.

Masjid meʼmorchiligi mogʻul meʼmorchiligi taʼsiri ostida shakllangan. Masjid oʻzining oltin gumbazi bilan tanilgan. Bino sunʼiy koʻl ichida joylashgan. Masjid mamlakatdagi eng koʻp suratga olinadigan obidalardan biridir.

Tarixi Rivoyatlarga koʻra, italiyalik rassom va meʼmor Rudolfo Nolli masjid loyihasini Sulton Umar Ali Sayfiddin III yaratgan dastlabki chizmalar asosida ishlab chiqqan. 1952-yilda masjid qurilishi uchun mos joy tanlash maqsadida qoʻmita tuzilgan, uni Pengiran Anak Muhammad Yasin boshqargan. Qurilish ishlari 1954-yil 4-fevralda boshlangan.

Sulton Umar Ali Sayfiddin III masjid loyihalari uchun oʻzining ilk gʻoyalarini bergan, bu gʻoyalarni chizmachı Hoji Besar bin Sagap qogʻozga tushirgan. Oʻsha paytda Padang Besar hududidan katta yigʻilishlar oʻtkazish uchun foydalanilgan boʻlib, dastlab masjidni ham shu yerda qurish taklif qilingan. Biroq Kampong Ayer aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida sulton masjidning Bruney daryosi yaqinidagi joyda qurilishini soʻragan.

Qurilishda 1500 tonna beton va 640 tonna poʻlat ishlatilgan, poydevor qoziqlarining uzunligi boʻlgan. Masjid qurilishi 5 yil davom etgan va sulton tomonidan 1958-yil 26-sentyabrda, sultonning 42 yoshga toʻlishi munosabati bilan tantanali ravishda ochilgan. Ochilish marosimida Hassan Azhariy azon aytgan. Ushbu marosimda Malay sultonlari, davlat arboblari, Malayziya Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari, Janubi-Sharqiy Osiyo general-gubernatori, Britaniya hukumati vakillari ishtirok etgan. Bu voqea oʻsha paytda mamlakat radiosida uzatilgan birinchi yangilik sifatida tarixda qolgan.

1959-yil 30-dekabrdan 1960-yil 3-yanvargacha Anvar Musaddad masjidda bir nechta maʼruzalar oʻqigan. Masjidga 1972-yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Elizabeth II. 1983-yilda Pierre Trudeau, 1980-yillar oʻrtalarida Muhammad Ziyo-ul-Haq, 1998-yilda shahzoda Salmon ibn Abdulaziz as-Saud, 2024-yilda Narendra Modilar tashrif buyurgan.

Jomeʼ Asr Hassanal Bolkiah masjidi qurilishi davrida, 1994-yil yanvar oyida masjidning birinchi rekonstruksiya ishlari yakunlandi, masjidga konditsioner oʻrnatildi va gumbazchalarining kichik oynalariga Qur’on oyatlari va Allohning ismlari yozilgan bezakli shisha oʻrnatildi.

Masjid Bruney tarixidagi koʻplab muhim marosimlarga mezbonlik qilgan. Masjid hanuzgacha qirollik oila aʼzolarining nikoh marosimlari va Mustaqillik kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan ommaviy shukrona namozlari uchun asosiy maskan boʻlib qolmoqda. Masjidda mashhur qirollik vakillari Sulton Hassanal Bolkiahning 1965-yildagi nikohi, valiahd shahzoda Al-Muhtadee Billohning 2004-yildagi nikohi, malika Rashida Saʼadatul Bolkiahning 1996-yildagi nikohi va malika Majida Nuurul Bolkiahning 2007-yildagi nikohi oʻqilgan.

Dizayni va xususiyatlari Masjid oʻlchami 69 x 26 m, bir vaqtning oʻzida 3000 nafar ibodat qiluvchini sigʻdira oladi. Ziyoratchilar mis eshiklardan kirar ekan, masjidning ichki makoni arab kalligrafiyasi, geometrik naqshlar, gul tasvirlari, uch bargli yoylar va Qur’on oyatlari bilan bezatilganini koʻrishlari mumkin. Masjidning ramziy va markaziy elementi boʻlgan mehrob oltin mozaikalar va abstrakt gullar bilan bezatilgan. Uning shiftida esa doira shaklidagi Qur’on oyatlari tushirilgan.

Minbarda imom xutba oʻqiydi. Al-Muazzin birinchi pogʻonadan, imom esa ikkinchi pogʻonadan foydalanadi. 4 ta kichik minora bilan birga mamlakatdagi eng balandi hisoblangan asosiy minora (51 m) islomning besh ustunini ifodalaydi va azon jarangini kuchaytiradi.

Galereya

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:20-asr Osiyodagi masjidlar Turkum:Bruney meʼmorchiligi Turkum:Osiyodagi gumbazli masjidlar Turkum:Osiyodagi minorali masjidlar Turkum:1958-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Bruneydagi masjidlar Turkum:Osiyodagi sunniy masjidlar