President Cup – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun har yili Toshkent shahrida oʻtkaziladigan xalqaro shaxmat musobaqasi.
Tashkil etilishi 2021-yil 14-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaroriga koʻra 2021-yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirini oʻtkazish belgilangan.
President Cup I 2021-yil 10-noyabrdan 19-noyabrgacha „President Cup I“ xalqaro shaxmat turniri oʻtkazildi. 11-noyabr kuni blits turniri, 13, 14 va 16-noyabr kunlari standart yoʻnalishida oʻyinlar tashkil etildi. Mukofot jamgʻarmasi 120.000 AQSh dollarini tashkil etgan.
Ishtirokchilar
Hakamlar
President Cup IV Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 3–13-dekabr kunlari President Cup IV xalqaro musobaqasi oʻtkaziladi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 80.000 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Musobaqa „Masters“, „Open-A“ va „Open-B“ guruhlarida boʻlib oʻtadi.
Master guruhi qoidalari Masters guruhida reytingi 2600 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar hamda musobaqa tashkilotchilari tomonidan tanlab olingan oʻzbekistonlik shaxmatchilar ishtirok etadi. Standart yoʻnalishda vaqt nazorati har bir oʻyin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qoʻshib boriladi. 30-yurishgacha durangga kelishish mumkin emas. Musobaqa 9 turda aylanma tizimida oʻtkaziladi.
Master guruhi ishtirokchilari
Natijalar №IshtirokchiMamlakatReyting1 2 3 4 5 6 7 8 9 10BallOʻrin1Nihal Sarin2701♔ 2Shant Sargsyan2665 ♔ 3Aleksander Grischuk2654 ♔ 4Frederik Svane2653 ♔ 5Shamsiddin Vohidov2641 ♔ 6Yuriy Kuzubov2610 ♔ 7Maksim Lagarde2608 ♔ 8Bardiya Daneshvar2600 ♔ 9Abdimalik Abdisalimov2561 ♔10Muhiddin Madaminov2552 ♔
Manbalar
Havolalar UzChess YouTube kanali UzChess Telegram kanali
Turkum:Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro sport musobaqalari Turkum:Oʻzbekiston mezbonlik qilgan xalqaro shaxmat musobaqalari