Sidi Orif masjidi () – Misrning Savhoj muhofazasi, Savhoj shahrida joylashgan masjid va maqbara. Milodiy XIV asrda qurib bitkazilgan va bir necha bor, jumladan, 1968-yilda va 1998-yilda qayta tiklangan. Masjid uning ichida dafn etilgan so‘fiy orifi Sidi Orif nomi bilan atalgan. Sidi Orif, shuningdek, Ismoil ibn Ali ibn Abdussamiy nomi bilan ham tanilgan boʻlib, soʻfiylar sulolasidan boʻlgan Ashrof oilasiga mansub edi .

Har yili savhojliklar avliyoning tugʻilgan kuni Mavlud bayramini nishonlash uchun masjidga tashrif buyurgan. Masjidga, shuningdek, avliyoning qabrini ziyorat qilish uchun ham koʻplab ziyoratchilar keladi.

Meʼmorchiligi Masjid 2 ta minoraga ega, tomi esa gumbaz bilan yopilgan. Katta namoz zali mavjud boʻlib, kirish yoʻllari erkaklar va ayollar uchun ajratib qoʻyilgan . Sidi Orifning qabri masjidning oxiridagi xonada joylashgan.

Masjid yonida Misrni boshqargan Mamluk begi va Ibrohim posho bilan birga hukmronlik qilgan Murodbeyning qabri joylashgan.

Maqbara quyidagi so‘fiy oriflarning qabrlarini oʻz ichiga oladi, ular: Ismoil ibn Ali ibn Abdussamiy va Ahmad ibn Zarruq , ammo ularni molikiy-soʻfiylar ustozi boʻlgan Ahmad Zarruq bilan adashtirmaslik kerak. Maqbara, shuningdek, Misr begi va mamluk hokimi Murodbey Muhammadning qabrini ham oʻz ichiga oladi.

Galereya

Yana qarang Misrdagi masjidlar roʻyxati Misrda islom

Manbalar

Havolalar

Turkum:14-asr Afrikadagi masjidlar Turkum:20-asr Misrdagi masjidlar Turkum:Misrdagi Mamluk masjidlari Turkum:Misrdagi maqbaralar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:1968-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Savhoj muhofazasi