Saidahmad Vasliy Samarqandiy (1869–1925) — XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan. Vasliy oʻzbek, arab va fors tillarida darsliklar tuzgan. Vasliy shu tillarda birday ijod ham qilgan. Forsiydagi „Armugʻoni doʻston“, oʻzbekchadagi „Devoni turkiy“ kabi devonlar, „Nazmus silsila“ (forscha), „Adab ud-din“ (oʻzbekcha) sheʼriy asarlar, tilshunoslikka oid „Muqaddimai sarfu nahvu arabi ham namunai sarfu nahvu forsiy“ kitobi mashhurdir.
Vasliy publitsist sifatida oʻz davri matbuotida ijtimoiy-maʼrifiy mavzularda koʻplab chiqishlar qilgan.
Adabiyot „Imomi Aʼzam“. Toshkent, 1991.
Manbalar Gʻ. Gʻulom. Vasliy. Mukammal asarlar toʻplami. II tom. Halilov S. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida oʻzbek va tojik adabiy aloqalari. SamDU, 1978. Xoʻjaeva M. Hamza va Vasliy. „Sharq yulduzi“, 1970, 2-son. Xoʻjaeva M. Shoir va mudarris Vasliy. OʻzAS. 1990-yil 5-iyul. Turkum:1869-yilda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:1925-yilda vafot etganlar Turkum:Samarqandda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Buxoro amirligi adiblari Turkum:Buxoro amirligi olimlari Turkum:Oʻzbek shoirlari Turkum:Tojik shoirlari