José María Callejón Bueno (; 11-fevral 1987, Motril, Ispaniya) — ispaniyalik sobiq professional futbolchi bo‘lib, hujumchi yoki qanot hujumchisi ampulalarida to‘p surgan.

Jamoalardagi faoliyati

Real Madrid Kalyexon yoshlikdan „Real Madrid“ tarbiyalanuvchisi hisoblanib, u professional faoliyatidagi debyutini „Real Madrid B“ jamoasida 2007-yilning may oyida nishonladi va 2006/07 mavsumda u Segunda ligasi 4 ta golsiz oʻyin oʻtkazdi.

2007/08 mavsumda esa u 37 ta oʻyinda ishtirok etib, 21 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Natijada u jamoaning toʻpurari sifatida mavsumni tugatdi.

Espanyol Mavsum tugashi bilan Kalyexon oʻzining egizak akasi Juanmi bilan „Real Madrid“ni tark etib, „Espanyol“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. La Ligadagi debyutini 2008-yil 20-sentyabrda uy maydonida oʻtgan „Xetafe“ jamoasi bilan kechgan uchrashuvda maydonga almashtirilib tushirildi. 2009-yil 15-martda u „Espanyol“ tarkibidagi birinchi golini „Malyorka“ darvozasiga urishga muvaffaq boʻldi. U keyingi mavsumlarda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va asosan qanot yarimhimoyachisi sifatida maydonga tusha boshladi. 2011-yil 15-yanvarda Kalyexon „Sevilya“ darvozasiga oʻzining birinchi dublini kiritdi (2:1). U ichki chempionatning faqat bittagina oʻyinini oʻtkazib yubordi va u mavsum oxirigacha 6 ta gol urishga muvaffaq boʻldi, jamoa esa turnir jadvalida oʻzi uchun qulay boʻlgan oʻrin bilan mavsumni yakunladi.

Realga qaytish 2011-yilning 23-mayida Kalyexon Real bilan 1-iyuldan boshlab kuchga kiruvchi besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi € 5,5 mln.ni tashkil etgan. 16-iyul u Real tarkibidagi birinchi oʻyinida Los Anjeles Gelaksi jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 30-daqiqada gol urishga ham muvaffaq boʻldi. 2011-yil 2-oktyabrda u oʻzining sobiq jamoasi „Espanyol“ga qarshi 2-nchi boʻlimda maydonga tushdi va Krishtianu Ronalduning toʻp uzatishidan soʻng, oʻzining „Real Madrid“dagi rasmiy birinchi golini urdi. U sobiq jamoasini hurmatini saqlagan holda shunchaki qoʻlini osmonga koʻtargancha yurib, golini nishonlamadiHiguain gives Mourinho plenty to ponder ; ESPN Soccernet, 2-oktabr 2011.

UEFA Chempionlar Ligasi 2011-2012 guruh bosqichida muddatidan oldin play-offga chiqqan jamoa bosh murabbiyi qolgan oʻyinlarda zahira oʻyinchilarini tushirdi va 2011-yilning 22-noyabrida Zagrebning Dinamo jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Kalyexon oʻz hisobiga bitta golni yozdirdi va jamoa oʻsha oʻyinda 6:2 hisobida gʻalaba qozondiPerfect Madrid put six past Dinamo; UEFA.com, 22-noyabr 2011. Shuningdek, guruh bosqichining soʻnggi Ayaks bilan kechgan oʻyinida u dubl qaytib etib, jamoasining 3:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdiAjax shattered as Madrid complete perfect set; UEFA.com, 7-dekabr 2011.

Napoli 2013-yil 9-iyulda Kalyexon Italiyaning Napoli jamoasiga 10 mln. yevro evaziga oʻtdi. U italiyaliklar bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Unga jamoaning „7“ raqami berildi.

Terma jamoada Kalyexon Ispaniya yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2008-yil 25-martida Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi. U oʻyinda 46-daqiqada Boyan Krkich oʻrniga maydonga tushib, 15-daqiqadan soʻng, oʻzining termadagi birinchi golini kiritishga erishdi. Ispaniya ushbu oʻyinda 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Jamoadagi statistikasi

2012-yil 5-may holatiga. JamoaMavsumLigaKubokYevrokuboklarJamiOʻGTUOʻGTUOʻGTUOʻGTUReal Madrid B2006/0740———40—2007/083721———3721—Jami4121———4121—Espanyol2008/09242062000030402009/10362410000037242010/1137672000003967Jami9710119200001061211Real Madrid2011/12255073155037131Jami255073155037131 Faoliyatidagi jami163361116515501844612

Erishgan natijalari

Ispaniya chempioni: 2011/12 Ispaniya superkubogi sohibi (1): 2012

Manbalar

Havolalar

Real Madrid rasmiy saytidagi sahifasi BDFutbol saytidagi sahifasi Futbolme saytidagi sahifasi Transfermarkt saytidagi sahifasi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar

Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Primera Federación futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar